Lizing

Lizing

Lizing

Lizing — ijara munosabatlarining alohida turi bo‘lib, bunda bir taraf (lizing beruvchi — bank) ikkinchi tarafning (lizing oluvchi) topshirig‘i asosida uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida ko‘zda tutilgan mulkni (lizing ob'ektini) egalik huquqi bilan sotib oladi va uni lizing oluvchiga lizing sharnomasi shartlari bilan belgilab qo‘yiladigan to‘lovlar asosida egalik qilish va foydalanish huquqi bilan 12 oydan ortiq muddatga taqdim etadi.

Har qanday bank tomonidan foydalanilmaydigan mulklar, shu jumladan korxonalar, mol-mulk majmualari, binolar, inshootlar, uskunlar, transport vositalari, qishloq xo‘jalik texnikasi, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash uskunlari, shuningdek, yer uchastkalari va boshqa tabiiy ob'ektlardan hamda qonunchilik bilan erkin muomalaga chiqarish taqiqlangan yoki muomalaning alohida tartibi belgilangan mulklardan tashqari, tadbirkorlik faoliyati uchun ishlatiladigan boshqa ko‘char va ko‘chmas mulklar lizing ob'ekti bo‘lishi mumkin.

«InFinBank» AJ tomonidan lizing xizmatlari faqat «InFinBank» ATB da asosiy talab qilib olguncha depozit hisobvarag‘ini ochgan mijozlargagina taqdim etiladi, bundan tashqari moliyaviy jihatdan barqaror, yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarga taqdim etiladi. lizing oluvchining moliyaviy holatini baholash xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarni kreditlash chog‘ida baholash o‘tkaziladigan uslubiyat asosida asalga oshiriladi.

Nomi Milliy valyutada  Chet el valyutasida
Foiz stavkasi  Kredit muddati  Foiz stavkasi  Kredit muddati 
1 Lizing  Minimum: Markaziy bankning asosiy stavkasi + yillik 5,99%. Maksimum: Markaziy bankning asosiy stavkasi yillik +8,99%  36 oygacha  Minimum: yillik 5,99%. Maksimum: yillik 14% 36 oygacha 
2 Foiz stavkasini hisoblashning marja usulidan foydalaniladigan lizing  har yili 10% dan 17% gacha Muddati cheklanmagan mavjud emas  -
3 Lizing (risk uchun komissiya)* Minimum: 0,063%. Maksimum: 0,07% har bir kun uchun, toʻlov vaqtidan boshlab lizing sanasigacha Belgilanmagan Minimum: 0,016%. Maksimum: 0,032% har bir kun uchun, toʻlov vaqtidan boshlab lizing sanasigacha Belgilanmagan
  Kreditning muddati oʻtgan qismi boʻyicha foizlar  Belgilangan stavka X 150%  - Belgilangan stavka X 150%  -

Asosiy shartlar:
  • lizing summasi — amaldagi qonunchilikka muvofiq (1 toifali Bank kapitalining 25% ortiq bo‘lmagan miqdorda).
  • ta'minot — O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq.

* xatar uchun komissiya lizing shartnomasi bo‘yicha foiz stavkasiga qarab hisoblanadi va lizing shartnomasida nazarda tutilgan har bir kun uchun foizsiz daromad shaklida olinadi.

Lizing loyihasini dastlabki ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladigan hujjatlar nushasi:
  • Ta'sis hujjatlarining nushasi.
  • Agar faoliyat turi alohida lisenziya olinishi talab etiladigan sohalar ro‘yxatiga kirsa, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun lisenziya.
  • Korxonaning oxirgi 2 yillik buxgalteriya hisoboti, DSI belgisi bilan.
  • Lizing oluvchining lizing ob'ektini joylashuvi ko‘zda tutilayotgan binodan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar.
  • Biznes plan/texnik-iqtisodiy asos.
  • Xom-ashyo sotib olishni va tayyor mahsulotlarni sotishni ko‘zda tutuvchi shartnomalar.
Ushbu ro‘yxat moliyalashtirish masalasini ko‘rib chiqish uchun to‘liq vamrab olingan hujjatlar ro‘yxati emas, Bank xodimlari ko‘rib chiqilayotgan loyihaga oid boshqa ma'lumot va hujjatlarni talab qilishlari mumkin.

Lizingning afzalliklari:
  • Lizing bitimini rasmiylashtirish orqali mijoz korxonaga zarur texnologiyani sotib olibgina qolmasdan, balki uning qiymatini bir muncha pasytirishga ham erishadi, chunki lizingga berish uchun olib kirilayotgan texnologik uskunalar QQS va bojxona bojlaridan ozod qilinadi;
  • Butun lizing muddati davomida korxona sotib olingan mulk bo‘yicha mulk solig‘i to‘lashdan ozod etiladi.
  • Foyda solig‘i bo‘yicha soliq tortiladigan baza miqdori lizing bo‘yicha to‘lanadigan foizlarga kamaytiriladi.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.