Korrupsiyaga qarshi kurashish

Korrupsiyaga qarshi kurashish

Korrupsiyaga qarshi kurashish

KORRUPSIYA NIMA?

Korrupsiya — oʻz manfaatlari yoki boshqa shaxslarning manfaatlari yoʻlida moddiy yoki nomoddiy foyda olish maqsadlarida shaxsning oʻz lavozim yoki xizmat martabasidan noqonuniy foydalanishi yoki bunday foydaning noqonuniy taqdim etilishi;

Korrupsion qonun buzilishi — sodir etilganligi uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan, korrupsiya belgilariga ega xatti-harakat;

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHNING ASOSIY TAMOYILLARI:

  • qonuniylik;

  • fuqarolarning huquqlari, erkinligi va qonuniy manfaatlari ustuvorligi;

  • ochiqlik va shaffoflik;

  • tizimlilik;

  • davlat va fuqarolik jamiyatining oʻzaro muvofiqlikdagi harakati;

  • korrupsiyani oldini olish boʻyicha choralar ustuvorligi;

  • javobgarlikning muqarrarligi.

Manfaatlar toʻqnashuvi — shaxsiy manfaatdorlik (bevosita yoki bilvosita) shaxslarning lavozim yoki vazifaviy majburiyatlarini tegishlicha bajarishiga taʼsir qiladigan yoki taʼsir qilishi mumkin boʻlgan va fuqarolar, tashkilotlar, jamiyat yoki davlatning shaxsiy manfaatdorligi va huquq hamda qonuniy manfaatlari oʻrtasida yuzaga keladigan yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyat.

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH HAQIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGI

1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

2. 03.01.2017 yildagi OʻRQ-419-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni

3. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi

4.Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmury javobgarlik kodeksi

5. “INFINBANK” AJ korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha siyosati

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BOʻYICHA FAOLIYAT OLIB BORUVCHI DAVLAT ORGANLARI

  • Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;

  • Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;

  • Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;

  • Oʻzbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi qoshidagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha departament. 

YUQORI ORGANLARNING ISHONCH TELEFONLARI

  • Bosh prokuratura 1007

  • Ichki ishlar vazirligi 11-02

  • Markaziy bank 71 200-00-44

KORRUPSION QONUN BUZILISHI NIMA?

1.Hokimiyat yoki xizmat vakolatlarining suiisteʼmol qilinishi

2. Mansabdor shaxsning harakatsizligi

3.Hokimiyat yoki xizmat vakolatlari doirasidan chetga chiqish

4. Pora olish

5. Pora berish

6. Poraxoʻlikda vositachilik

7. Noqonuniy mukofotni qabul qilish

“INFINBANK” AJ XODIMLARI QONUNGA ZID XATTI-HARAKATLARNI AMALGA OSHIRAYOTGANLIGINI SEZSANGIZ, QUYIDAGI ISHONCH TELEFONI RAQAMLARIGA QOʻNGʻIROQ QILING

  • (71) 202-50-69

  • (71) 202-50-60

Veb-sayt    www.infinbank.com

Quyidagi holatlarda aloqa kanallariga murojaat qilishingiz mumkin:  

  • Kredit mablag‘larini ajratishda bank xodimlari tomonidan noqonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirish holatlari 

  • Bank mansabdor hodimlar tomonidan kredit mablag‘larini ajratish uchun bosim o‘tkazish holatlari 

  • Bank xodimlari tomonidan pora olish yoki berishga undovchi xatti-harakatlari holatlari 

  • Bank xodimlari tomonidan o‘z mansab vakolatlarini suiiste'mol qilish holatlari 

Bank tizimida shaffoflik darajasini oshirish hamda teng raqobat muhitini yaratishda har birimiz o‘z hissamizni qo‘shaylik !!!  

Unutmang, to‘g‘ri va aniqroq yuborilgan xabar masalaning tezroq hal bo‘lishi garovi.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.