Qurilish

Qurilish

Qurilish

Kreditlash shakli: Kredit liniyasi ochilmagan holda (bir yoki birdan ortiq tanlashlar bilan kredit ajratish)

Kreditning maqsadi:

§ Korxonaning o‘z ishlab chiqarish extiyojlari uchun asosiy fondlar qurish, rekonstruksiya qilish va joriy ta'mirlash;

§ Keyinchalik sotish maqsadida ko‘p qavatli va yakka tartibdagi turar joy binolari hamda noturar bino-inshootlar qurish;

§ Pudrat shartnomasiga asosan qurilish ishlarini bajarish uchun.

Kreditlash usuli: Taqdim etilgan oldi-sotdi shartnomalariga muvofiq mijozning ssuda hisobvarag‘idan pul mablag‘larini yetkazib beruvchi/pudrat/subpudrat tashklotlarining joriy hisobvaraqlarga naqd pulsiz o‘tkazish.

Kreditlash muddatlari va asosiy qarz to‘lovi bo‘yicha imtiyozli davr:

§ Korxonaning o‘z ishlab chiqarish extiyojlari uchun asosiy fondlarni qurish va rekonstruksiya qilish (ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish) – 36 oygacha, shu jumladan imtiyozli davr 12 oygacha;

§ Keyinchalik sotish maqsadida ko‘p qavatli va yakka tartibdagi turar joy binolari hamda noturar bino-inshootlar qurish – 24 oygacha, shu jumladan imtiyozli davr 12 oygacha;

§ Pudrat shartnomasiga asosan qurilish ishlarini bajarish hamda ob'ektni joriy va kapital ta'mirlash – 18 oygacha, shu jumladan imtiyozli davr 6 oygacha.

Hisoblangan foiz to‘lovlari bo‘yicha imtiyozli davr: taqdim etilmaydi.

Kreditlash manbasi: Bankning o‘z mablag‘lari.

Kredit valyutasi:

§ O‘zR milliy valyutasi - so‘m;

§ Xorijiy valyuta - import shartnomasi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovni amalga oshirish yoki respublika ichidagi hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida kredit mablag‘larini milliy valyutaga konvertasiya qilish yo‘li bilan.

Foiz stavkasi: APBQ bayonnomasiga muvofiq.

Kreditning eng kam miqdori: o‘rnatilmagan.

Kreditning maksimal summasi: qurilish smeta qiymatining 70 % idan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, shu bilan birga O‘zR MBning iqtisodiy normativlari doirasida mijozning kreditga layoqatliligidan kelib chiqib individual ravishda hisoblanadi.

Kreditni to‘lash: har oyda, annuitet yoki differensiyalangan to‘lovlar usulida.

Ta'minotning maqbul turlari:

§ AJ «InFinBank»da ochilgan hisobvaraqlarda joylashtirilgan, erkin konvertasiya qilinadigan yoki milliy valyuta ko‘rinishidagi pul mablag‘lari garovi;

§ bank va sug‘urta kompaniyalarining kafolatlari;

§ ko‘char/ko‘chmas mulk garovi;

§ mulkiy huquq (talab qo‘yish huquqi) garovi;

§ davlat qimmatli qog‘ozlari va O‘zR MB qimmatli qog‘ozlari garovi, amaldagi qonun hujjatlarida ta'qiqlanmagan boshqa qimmatli qog‘ozlar va ustav fondlaridagi ulushlar garovi;

§ kredit hisobiga qurilayotgan ob'ektlar;

§ to‘lov qobiliyati va moliyaviy ishonchliligi tekshirilgan uchinchi shaxslarning kafilligi;

§ moliyaviy barqaror sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta polislari;

§ amaldagi qonun hujjatlarida ta'qiqlanmagan ta'minotning boshqa turlari.

Ta'minlanganlik foizi:

Kredit summasining 125 % idan kam bo‘lmagan holda (Bankka aloqador shaxslar uchun 130%).

Qarz oluvchi va uning faoliyatiga majburiy talablar:

§ Tadbirkorlik sub'ekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganilan so‘ng 6 oydan kam bo‘lmagan muddat o‘tgan;

§ AJ «InFinBank»da talab qilib olinguncha asosiy yoki ikkilamchi depozit hisobvarag‘ining mavjudligi;

§ Salbiy kredit tarixiga ega bo‘lmasligi;

§ Kreditni belgilangan muddatlarda so‘ndirib borish uchun kutilayotgan pul oqimlarining yetarliligi;

§ Likvid balansga ega ekanligi va zarar ko‘rib ishlamayotganligi;

§ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.05.2023 yildagi №PQ-158-son Qaroriga muvofiq seysmik xavfsizligi III-IV toifadagi bino va inshootlar (shu jumladan ko‘p qavatli turar joy binolari) bo‘yicha qurilish ishlarini amalga oshirish uchun Qarz oluvchi Qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingida «SSS» va undan yuqori toifaga (shu jumladan «A» va «B» turdagi barcha toifalarga) ega bo‘lishi lozim.

§ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 10 avgustdagi Toshkent shahriga ishchi tashrifi yakunlari bo‘yicha Bayonnomaga (ro‘y.: 29.08.2022y. №64) muvofiq maqsadli dasturlar doirasida ko‘p qavatli turar joy binolari qurilishi ishlarini amalga oshirish uchun Qarz oluvchi Qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingida «S» va undan yuqori toifaga ega bo‘lishi lozim.

§ Bankning Kredit siyosati va boshqa ichki me'yoriy hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa talablar.

Taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

§ Kreditlashning barcha shartlari va kredit bo‘yicha ta'minot to‘liq ko‘rsatilgan holda kredit arizasi;

§ Qarz oluvchining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;

§ Korxona nizomi va ta'sis hujjatlarining nusxasi, barcha o‘zgartirishlar bilan;

§ Agar shaxs qarz oluvchining vakili bo‘lsa, shaxsning qarz oluvchi nomidan kredit shartnomasini imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi, imzo namunalari;

§ Ohirgi moliyaviy yil uchun va joriy oyning birinchi sanasiga buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot hamda joriy oyning birinchi sanasiga asosiy vositalar va debitor-kreditor qarzdorliklar yoyilmasi;

§ Loyihaning texnik-iqtisodiy asosi (TIA) yoki biznes-rejasi;

§ Qarz oluvchining vakolatli organining tegishli shartlarda zarur bo‘lgan kredit summasini jalb qilish va kredit bo‘yicha ta'minotni taqdim qilish to‘g‘risidagi qarori;

§ Qarz oluvchining boshqa banklarda hisobvaraqlari mavjud bo‘lsa, xizmat ko‘rsatuvchi banklarning 2-sonli kartoteka bo‘yicha, kreditlar, lizing, akkreditivlar bo‘yicha qarz oluvchining qarzi yo‘qligi/mavjudligi va ohirgi 12 oydagi aylanmalar to‘g‘risidagi ma'lumotnomsi hamda elektron shaklidagi rasshifrovkasi;

§ Jalb etilayotgan kredit hisobidan to‘lanadigan oldi-sotdi shartnomalari;

§ AJ «InFinBank»ning korporativ kreditlash bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladigan kredit operatsiyalari bo‘yicha ta'minotni qabul qilish tartibi» ga (TP-194) muvofiq taqdim etiladigan ta'minot bo‘yicha hujjatlar.

§ Qurilish bo‘yicha xujjatlar, shu jumladan:

- Qurilish uchun yer maydoni ajratilganligi va/yoki ob'ektni tegishli yer uchastkasida qurish uchun huquqni asoslantiruvchi boshqa hujjat;

- Bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga belgilangan tartibda Davlat hizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali berilgan ruxsatnoma;

- Bino-inshootlarga bo‘lgan egalik huquqni tasdiqlovchi hujjat (kadastr hujjatlari to‘plami) - rekonstruksiya (ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish) va ta'mirlash uchun;

- Bino-inshootlarning texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida xulosa - rekonstruksiya (ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish) va kapital ta'mir uchun;

- Loyiha bo‘yicha rekonstruksiya qilish (ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish) yoki ta'mirlash ishlari talab etiladigan bo‘lsa, ushbu bino va inshootlar bo‘yicha tuzilgan nuqson dalolatnomasi;

- Qurilish yoki rekonstruksiya qilishni (ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish) loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i;

- Qurilish maydonining muhandislik-geologik tadqiqotlari natijalari to‘g‘risidagi xulosa;

- Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hududiy boshqarmasi qoshidagi shaharsozlik kengashining loyiha hujjatlarining kelishilganligi yuzasidan qarori;

- Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalarining (Davlat ekologik ekspertizasi markazi va uning hududiy bo‘linmalari) ijobiy xulosasi;

- Loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta xujjatlari (ishchi loyiha va smeta xujjatlari) va loyiha tashkilotining lisenziyasi;

- Loyiha hujjatlari (ishchi loyiha va smeta hujjatlari) bo‘yicha “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi “Ekspert xulosalarining yagona reestri”ga kiritilgan ijobiy ekspert xulosalari;

- Qurilish sohasida nazorat bo‘yicha hududiy inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda Davlat hizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali berilgan hamda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida hisobga olingan qurilish-montaj ishlarini boshlash ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida ko‘chirma;

- Mualliflik nazorati olib borish to‘g‘risida loyihachi tashkilot bilan tuzilgan shartnoma va loyihachining lisenziyasi;

- Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish shartnomalari, pudrat tashkilotining tegishli lisenziyalari (agar alohida lisenziyalanadigan qurilish-montaj ishlari amalga oshirilsa);

Istisnolar:

Ushbu kredit mahsuloti doirasida, mazkur pasportda ko‘rsatilgan shartlardan farqli shartlarda kredit ajratishga faqatgina Kredit qo‘mitasining qarori bilan yo‘l qo‘yiladi.

Jalb qilingan kredit liniyalari hisobidan mazkur kredit mahsuloti doirasida kredit ajratish shartlari kredit liniyalarining shartlaridan kelib chiqib o‘rnatiladi.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.