Modulli kredit (biznes-overdraft)

Modulli kredit (biznes-overdraft)

Modulli kredit (biznes-overdraft)

InfinBANKʼda biznes vakillari uchun hisob-kitob va kassa xizmatlari boʻyicha toʻliq xizmatlar toʻplami taqdim etiladi. Ushbu mahsulotlardan biri – InfinBANKning biznes overdraftidir. 

Kichik va oʻrta biznes vakillari uchun bu kredit mahsuloti “zaxira gʻildiragi” vazifasini bajaradi, uni rasmiylashtirgan mijoz oʻz hisobvaragʻidagi mablagʻi biroz yetmayotgan vaqtda oʻsha zahotiyoq kerakli mablagʻni olish imkoniyatiga ega boʻladi. Overdraft – kreditni istalgan tarzda sarflash mumkin:
 – Uskuna sotib olish yoki tovarlar uchun toʻlov qilish. Masalan, taʼminotchi faqat koʻp miqdorda xomashyo sotadigan boʻlsa va sizda ayni vaqtda buning uchun mablagʻ yetishmayotgan boʻlsa. 
– Ijara uchun toʻlovni amalga oshirish, kommunal toʻlovlarni toʻlash.  Koʻpincha ijara haqi oldindan bir necha oy uchun toʻlanishi kerak boʻladi, aylanma mablagʻlarni buning uchun sarflashni esa kim ham xohlardi.
– Ish haqi boʻyicha qarzdorlikni soʻndirish va yoʻl haqini toʻlash. Agar “kassa boʻshab qolsa”, overdraft qoʻllab yuboradi. 
– Soliqlarni toʻlash. Tez-tez byudjet toʻlovlarini toʻlashga toʻgʻri keladi, lekin boʻsh pul boʻlmasligi mumkin. 

InfinBANKʼda kredit olish uchun ariza berishda qarz oluvchiga minimal hujjatlar toʻplami kerak boʻladi: bank shakli boʻyicha kredit olish uchun ariza va taʼsischilarning kredit olish toʻgʻrisidagi qarori. Mablagʻlar milliy va chet yel valyutasida 90 kun muddatga yillik 23% va 10% bilan beriladi. Banklar oʻzlari yaxshi biladigan kompaniyalarga kredit berishi osonroq boʻlganligi sababli, qarz oluvchiga qoʻyiladigan talablardan biri InfinBANKʼda amaldagi depozit hisobvaragʻiga ega boʻlishdir. Amaldagi degani nima?

Tadbirkor oxirgi olti oy davomida barqaror hisobvaraq aylanmasiga ega boʻlishi shart va skoringni hisoblab chiqqandan soʻng u 300,0 million soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda kredit olishi mumkin. Va buning uchun garov taʼminoti va kafillik soʻralmaydi. 

Kredit mahsuloti nomi Modulli kredit
(Kontokorrent kredit: biznes-overdraft)
Kredit maqsadi Aylanma kapitalni toʻldirish 
Kredit miqdori 300 000 000,0 soʻmgacha (agar kredit xorijiy valyutada berilgan boʻlsa, u holda 300,0 mln. soʻm ekvivalentida).
Kredit muddati 90 kalendar kuni
Foiz stavkasi Milliy valyutada yillik 23%
Chet el valyutasida yillik 10%
Taʼminot  Kredit portfelining sugʻurta polisi
Kerakli hujjatlar  • Kredit axboroti milliy instituti va “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi MChJga shaxsiy maʼlumotlarni olish va oʻtkazish uchun miqdori, muddati, foiz stavkasi va Qarzdor roziligi koʻrsatilgan holda kredit olish uchun berilgan ariza;• Taʼsischilarning kredit olish toʻgʻrisidagi qarori.
Mijozga qoʻyiladigan talablar: • “InfinBANK” ATB ning istalgan filialida talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaragʻining mavjudligi;• Kamida 6 oy davomida barqaror kredit aylanmalarining mavjudligi;
• Ijobiy kredit tarixiga ega boʻlish; Muddati oʻtgan qarzdorlikning yoʻqligi.
Qoʻshimcha shartlar: • xorijiy valyutada aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun kreditlar (ishlab chiqarish tsiklini qisqa muddatli moliyalashtirish, xarid qilingan tovar-moddiy qiymatliklar va xizmatlar uchun yetkazib beruvchilarga toʻlovlarni amalga oshirish uchun, import shartnomalari boʻyicha kredit hisobidan toʻlash yoʻli bilan).
• Qarz oluvchi olingan kredit summasini muddatidan oldin qaytarish va undan amalda foydalanilgan davr uchun hisoblangan foizlarni toʻlash huquqiga ega. 

Kredit mahsuloti nomi Modulli kredit(naqd shaklda)
Kredit maqsadi Aylanma mablagʻlarni naqd shaklda toʻldirish
Kredit miqdori 300 000 000,0 soʻmgacha
Kredit muddati 18 oygacha
Imtiyozli davr 6 oygacha
Foiz stavkasi Milliy valyutada yillik 26%
Taʼminot  Koʻchmas mulk, transport vositalari, uskunalar, pul mablagʻlari.
Kerakli hujjatlar  • Kredit axboroti milliy instituti va “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi MChJga shaxsiy maʼlumotlarni olish va oʻtkazish uchun miqdori, muddati, foiz stavkasi va Qarzdor roziligi koʻrsatilgan holda kredit olish uchun berilgan ariza;• Mijozning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar;
• Taʼsischilarning kredit olish toʻgʻrisidagi qarori;
• Mijozning moliyaviy holati haqidagi hujjatlar;
• Kredit taʼminoti boʻyicha hujjatlar.
Mijozga qoʻyiladigan talablar: • Ijobiy kredit tarixiga ega boʻlish; • Muddati oʻtgan qarzdorlikning yoʻqligi.
• Oxirgi 6 oy davomida Mijoz hisobvaragʻida pul aylanmasi boʻlganligi (OʻzResʼning istalgan bankida).
Qoʻshimcha shartlar: • Qarz oluvchi olingan kredit summasini muddatidan oldin qaytarish va undan amalda foydalanilgan davr uchun hisoblangan foizlarni toʻlash huquqiga ega. 

Manfaatdor tadbirkorlar kreditlash shartlari boʻyicha barcha maʼlumotlarni aloqa markazidagi bankning amaldagi va potentsial mijozlari boʻlgan yuridik shaxslar uchun moʻljallangan maxsus telefon raqamiga murojaat qilib bilib olishlari mumkin. Biznesingiz uchun quyidagi raqamga murojaat qilib koʻmak olishingiz mumkin: (71) 202-50-80. 
×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.