Modulli kredit (biznes-overdraft)

Modulli kredit (biznes-overdraft)

Modulli kredit (biznes-overdraft)

InfinBANKʼda biznes vakillari uchun hisob-kitob va kassa xizmatlari boʻyicha toʻliq xizmatlar toʻplami taqdim etiladi. Ushbu mahsulotlardan biri – InfinBANKning biznes overdraftidir. 

Kichik va oʻrta biznes vakillari uchun bu kredit mahsuloti “zaxira gʻildiragi” vazifasini bajaradi, uni rasmiylashtirgan mijoz oʻz hisobvaragʻidagi mablagʻi biroz yetmayotgan vaqtda oʻsha zahotiyoq kerakli mablagʻni olish imkoniyatiga ega boʻladi. Overdraft – kreditni istalgan tarzda sarflash mumkin:
 – Uskuna sotib olish yoki tovarlar uchun toʻlov qilish. Masalan, taʼminotchi faqat koʻp miqdorda xomashyo sotadigan boʻlsa va sizda ayni vaqtda buning uchun mablagʻ yetishmayotgan boʻlsa. 
– Ijara uchun toʻlovni amalga oshirish, kommunal toʻlovlarni toʻlash.  Koʻpincha ijara haqi oldindan bir necha oy uchun toʻlanishi kerak boʻladi, aylanma mablagʻlarni buning uchun sarflashni esa kim ham xohlardi.
– Ish haqi boʻyicha qarzdorlikni soʻndirish va yoʻl haqini toʻlash. Agar “kassa boʻshab qolsa”, overdraft qoʻllab yuboradi. 
– Soliqlarni toʻlash. Tez-tez byudjet toʻlovlarini toʻlashga toʻgʻri keladi, lekin boʻsh pul boʻlmasligi mumkin. 

InfinBANKʼda kredit olish uchun ariza berishda qarz oluvchiga minimal hujjatlar toʻplami kerak boʻladi: bank shakli boʻyicha kredit olish uchun ariza va taʼsischilarning kredit olish toʻgʻrisidagi qarori. Mablagʻlar milliy va chet yel valyutasida 90 kun muddatga yillik 23% va 10% bilan beriladi. Banklar oʻzlari yaxshi biladigan kompaniyalarga kredit berishi osonroq boʻlganligi sababli, qarz oluvchiga qoʻyiladigan talablardan biri InfinBANKʼda amaldagi depozit hisobvaragʻiga ega boʻlishdir. Amaldagi degani nima?

Tadbirkor oxirgi olti oy davomida barqaror hisobvaraq aylanmasiga ega boʻlishi shart va skoringni hisoblab chiqqandan soʻng u 300,0 million soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda kredit olishi mumkin. Va buning uchun garov taʼminoti va kafillik soʻralmaydi. 

Kredit mahsulotining nomi Modulli kredit
(Kontokorrent kredit: biznes overdraft) 
Kreditning maqsadi Aylanma kapitalni toʻldirish. 
Kredit summasi  300 000 000,0 soʻmgacha (agar kredit xorijiy valyutada berilgan boʻlsa, u holda 300,0 mln. soʻm ekvivalentida).
Kredit muddati  90 kalendar kun
Foiz stavkasi milliy valyutada: Markaziy bankning asosiy stavkasi + yillik 8,99%
xorijiy valyutada: yillik minimum 5,99% -  maksimum 14% 
Taʼminot Kreditni sugʻurtalash polisi
Kerakli hujjatlar • Kredit summasi, muddati, foiz stavkasi koʻrsatilgan kredit olish uchun ariza, Qarz oluvchining shaxsiy maʼlumotlarni olish va kredit axboroti milliy instituti va “Kredit axborot-tahlil markazi” MChJ kredit byurosiga taqdim etish uchun ariza;
• Muassislarning kredit olish toʻgʻrisidagi qarori.
Mijozga qoʻyiladigan talablar • “InfinBANK” ATB istalgan filialida talab qilib olingunga qadar asosiy depozit hisobvaragʻining mavjudligi
• Kamida oxirgi 6 oy davomida barqaror kredit aylanmasining mavjudligi.
• Ijobiy kredit tarixiga ega boʻlish. Kreditlar boʻyicha qarzlar yoʻqligi.
Qoʻshimcha shartlar • Aylanma mablagʻlarni xorijiy valyutada toʻldirish uchun kreditlar (ishlab chiqarish siklini qisqa muddatli moliyalashtirish, sotib olingan tovar-moddiy boyliklar va xizmatlar uchun yetkazib beruvchilarga toʻlovlarni amalga oshirish, import shartnomalari boʻyicha ssuda hisobidan toʻlash yoʻli bilan).
• Qarz oluvchi olingan kredit summasini muddatidan oldin qaytarish va kreditdan amalda foydalanish muddati uchun hisoblangan foizlarni toʻlash huquqiga ega. 


Kredit mahsulotining nomi Modulli kredit
(naqd pulda)
Kreditning maqsadi Aylanma mablagʻlarni naqd pulda toʻldirish
Kredit summasi  300 000 000,0 soʻmgacha
Kredit muddati 18 oygacha
Imtiyozli davr  6 oygacha
Foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi + yillik 12,99%
Taʼminot Koʻchmas mulk, transport vositalari, uskunalar, naqd pul.
Kerakli hujjatlar • Kredit summasi, muddati, foiz stavkasi koʻrsatilgan kredit olish uchun ariza, Qarz oluvchining shaxsiy maʼlumotlarni olish va kredit axboroti milliy instituti va “Kredit axborot-tahlil markazi” MChJ kredit byurosiga taqdim etish uchun ariza;
• Mijozning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar.
• Muassislarning kredit olish toʻgʻrisidagi qarori.
• Mijozning moliyaviy holati toʻgʻrisidagi hujjatlar.
• Kredit taʼminoti hujjatlari.
Mijozga qoʻyiladigan talablar • Ijobiy kredit tarixiga ega boʻlish. Kreditlar boʻyicha qarzlar yoʻqligi.
• Mijozning hisobvaragʻida kamida oxirgi 6 oy davomida barqaror kredit aylanmasining mavjudligi (OʻzRning istalgan bankida)
Qoʻshimcha shartlar • Qarz oluvchi olingan kredit summasini muddatidan oldin qaytarish va kreditdan amalda foydalanish muddati uchun hisoblangan foizlarni toʻlash huquqiga ega. 

Manfaatdor tadbirkorlar kreditlash shartlari boʻyicha barcha maʼlumotlarni aloqa markazidagi bankning amaldagi va potentsial mijozlari boʻlgan yuridik shaxslar uchun moʻljallangan maxsus telefon raqamiga murojaat qilib bilib olishlari mumkin. Biznesingiz uchun quyidagi raqamga murojaat qilib koʻmak olishingiz mumkin: (71) 202-50-80. 

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.