Kredit muddati |
48 oygacha |
Kredit maqsadi |
Birlamchi bozorda Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan avtotransport vositalarini xarid qilish uchun |
Yillik foiz stavkasi |
yillik 26,99% |
Kredit miqdori |
Avtotransport vositasining qiymatiga qarab |
Taʼminot |
- Xarid qilinayotgan avtotransport vositasi;
- Jismoniy yoki yuridik shaxs kafilligi;
- Kreditni kaytarmaslik xatari bilan bogʻliq sugʻurtalash polisi;
- Bankni qanoatlantiradigan boshqa likvid mulk garovi
Taʼminotning umumiy miqdori kredit miqdoridan 125%dan kam boʻlmasligi kerak.
|
Soʻndirish chastotasi |
- Asosiy qarzni soʻndirish boʻyicha imtiyozli davr tugaganidan soʻng - har oy.
- Hisoblangan foizlarni - har oy.
- Kredit boʻyicha foizlar qarz mablagʻlarinig haqikiy qoldigʻidan kredit mablagʻlarini ishlatilgan sanadan boshlanadi
|
Birlamchi toʻlov |
Avtotransport vositasi qiymatidan 20%dan kam boʻlmagan miqdorda. |
Potensial qarz oluvchiga talablar |
- 18 yoshdan;
- Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi; Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi yoʻq shaxs yoki xorij fuqarosi;
- Kredit uchun ariza berish sanasigacha joriy ish joyida eng kamida 6 oy davomida mehnat stajiga ega boʻlish;
- Ijobiy kredit tarixiga ega boʻlish (joriy kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikning yoʻqligi, shuningdek bank/banklar oldidagi majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarmaslik holatining boʻlmaganligi).
|
Kerakli hujjatlar |
- Kredit uchun ariza.
- Oylik maoshga tegishli plastik karta va u boʻyicha eng kamida 3 oylik davr uchun aylanmalarning mavjud boʻlishi. Bunda pul aylanmalari amaldagi barcha kreditlarga (shu jumladan yana olinayotgan kredit) oid xarajatlarni qoplash uchun yetarli miqdorda boʻlishi lozim;
- Kredit boʻlimi xodimi tomonidan nusxa olinadigan pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatning asl nusxasi hamda qarz oluvchining yashash manzili;
- Yangi avtomobilni xarid qilish uchun avtosalon bilan tuzilgan shartnoma;
- Taʼminot boʻyicha hujjatlar.
|
Kreditni ajratish shakli |
Kredit bank tomonidan kredit mablagʻlarini sotuvchi hisobiga oʻtkazish orqali milliy valyutada (soʻm) naqdsiz shaklda taqdim etiladi. |
Kredit arizasini topshirish joyi |
Kredit arizasi va kreditni rasmiylashtirish ishlari bankning filiallari va boʻlinmalarida amalga oshiriladi. |
Kreditni koʻrib chiqish muddati |
Kredit arizasini koʻrib chiqish muddati ariza rasmiylashtirilgan kundan boshlab 3 kunni tashkil qiladi. Kredit arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror haqida 24 soat ichida mijozga xabar beriladi. |
Kreditni koʻrib chiqish va rasmiylashtirishga doir qoʻshimcha toʻlovlar |
Mavjud emas |
Muddatidan oldin soʻndirish |
Koʻshimcha komissiya va jarimalarsiz ushbu turdagi kredit boʻyicha qarzni muddatidan oldin soʻndirish koʻzda tutiladi. |
Asosiy qarz va foizlar boʻyicha imtiyozli davr |
- Asosiy qarz boʻyicha imtiyozli davr - 9 oy.
- Foizlar boʻyicha imtiyozli davr - mavjud emas.
|
Kredit ajratishga nisbatan salbiy qaror qabul qilinishiga sabab boʻladigan omillar |
- Salbiy kredit tarixi (kreditga doir asosiy qarz va foizlarni oʻz vaqtida soʻndirmaslik, kredit boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikning mavjudligi);
- Potensial qarz oluvchining barqaror boʻlmagan daromadlari yoki ularning yoʻqligi (kreditga ariza berish sanasigacha joriy ish joyida eng kamida 6 oy davomida doimiy daromadlarning mavjud emasligi);
- Pontentsial qarz oluvchi taqdim etgan notoʻgʻri, noxolis va notoʻliq maʼlumot.
- Kredit boʻyicha taʼminotning yoʻqligi.
|
Kredit ajratishga nisbatan ijobiy qaror qabul qilinishiga sabab boʻladigan omillar |
- Ijobiy kredit tarixi (kreditlar va foizlarni oʻz vaqtida soʻndirish, kredit boʻyicha muddati oʻtib ketgan joriy qarzdorlikning yoʻqligi).
- Potensial qarz oluvchining barqaror daromadlari (kreditga ariza berish sanasigacha joriy ish joyida eng kamida 6 oy davomida)
- Potensial qarz oluvchining qanoatlantiruvchi moliyaviy ahvoli
- Kreditni qoplashga yetadigan miqdorda va hajmda taʼminotning mavjudligi (kredit miqdoridan 125%dan kam boʻlmagan miqdorda).
|
Kredit boʻyicha asosiy qarzni toʻlashga oid muddatlarga rioya qilingmagan taqdirda, oʻz vaqtida toʻlanmagan qarzga nisbatan foiz stavkasi kechiktirilgan qarzdorlik paydo boʻlgan sanadan boshlab 1,5 baravarga ortadi. |
Diqqat! Kreditning foiz miqdori nominal foiz stavkasi asosida hisoblanadi. kreditning toʻliq miqdori esa foizlar va boshqa turdagi toʻlovlar oʻrnatilgan muddatlarda va butun miqdorda toʻlangan holatda siz uchun qanchaga aylanishini koʻrsatadi. |
Diqqat! Mazkur kreditning nominal foiz stavkasi oʻzgartirilishi mumkin. bunday holat yuz bergan taqdirda, oʻzgarishlar qarz oluvchi bilan kelishiladi. |