Rekonstruktsiya uchun ipoteka krediti
Kredit muddati |
72 oygacha |
Kredit maqsadi |
kvartira yoki shaxsiy uy rekonstruktsiya amalga oshirish uchun
|
Yillik foiz stavkasi |
29,99% |
Kredit miqdori |
1000 BHMgacha (BHM - bazaviy hisoblash miqdori) |
Boshlang'ich to'lov |
loyihaning kamida 26% qismidan boshlab |
Taʼminot |
1) Ko‘chmas mulk; 2) Bankni qanoatlantiruvchi boshqa likvid mulk. |
Soʻndirish chastotasi |
- asosiy qarz bo‘yicha har oy; - hisoblangan foizlar - har oy; - kredit bo‘yicha foizlarning hisoblanishi kredit mablag‘lari ishlatilishi boshlangan sanadan e'tiboran haqiqiy kredit qarzdorligi qoldig‘iga nisbatan hisoblanadi. |
Potentsial qarz oluvchiga talablar |
|
Kerakli hujjatlar |
1. Kredit arizasi 2. O‘rtacha oylik daromadni tahlil qilish uchun mijoz tomonidan “anketa-so‘rovnoma” to‘ldiriladi.
3. Kredit boʻlimi xodimi tomonidan nusxa olinadigan pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatning asl nusxasi hamda qarz oluvchining yashash manzili; 4. Qarz oluvchining shaxsi va yashash manzilini tasdiqlovchi pasport yoki boshqa hujjatning asl nusxasi, undan Kredit bo‘limi xodimi nusxa oladi; 5. Mustaqil baholov tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan ko‘chmas mulk baholangan hujjat. 6. Ta'minotga oid hujjatlar 7. Smeta
Bundan tashqari, bank kreditni rasmiylashtirish uchun boshqa zaruriy hujjatlarni talab etish huquqini o‘zida saqlab qoladi. |
Kreditni taqdim etish shakli |
kredit milliy valyutada (so‘m) bank tomonidan qarz oluvchining plastik kartasiga (plastik kartadan foydalanish bo‘yicha alohida shartnoma tuzilib, unda mazkur kartadan naqd pul yechish mumkin emasligi ko‘rsatib o‘tiladi) yoki kredit mabalg‘larini tovar yetkazib beruvchining hisobraqamiga kredit mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan taqdim etiladi. Moliyalashtirilgandan keyin, qarz oluvchi kredit mablag‘larining maqsadli tasarruf etilishini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi talab etiladi.
|
Kredit arizasini topshirish joyi |
kreditga ariza berish va kreditni rasmiylashtirish bankning filiallari va bo‘linmalarida amalga oshiriladi.
|
Kreditni koʻrib chiqish muddati |
Kredit ariza u rasmiylashtirilgan sanadan 3 kun davomida ko‘rib chiqiladi. Kredit arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror mijozga 24 soat ichida ma'lum qilinadi. |
Kreditni koʻrib chiqish va rasmiylashtirishga doir qoʻshimcha toʻlovlar |
mavjud emas. |
Muddatidan oldin soʻndirish |
qo‘shimcha komissiya va jarimalarsiz ushbu kredit turi bo‘yicha qarzni muddatidan erta so‘ndirish nazarda tutiladi. Asosiy qarz va foizlar bo‘yicha imtiyozli davr- ko‘zda tutilmagan.
|
Asosiy qarz va foizlar boʻyicha imtiyozli davr |
Koʻzda tutilmagan |
Kredit ajratishga nisbatan salbiy qaror qabul qilinishiga sabab boʻladigan omillar |
1. Salbiy kredit tarixi (asosiy qarz va kredit foizlarini o‘z vaqtida so‘ndirmaslik, kreditlar bo‘yicha joriy kechiktirilgan qarzdorlikning mavjudligi); 2. Potensial qarz oluvchining beqaror daromadlari yoki uning yo‘qligi (kredit arizasi topshirilgan sanagacha kamida 6 oy mobaynida doimiy daromadning mavjud emasligi); 3. Potensial qarz oluvchining noaniq, ishonchsiz, noto‘liq ma'lumot taqdim etishi; 4. Kredit bo‘yicha ta'minotning mavjud emasligi. |
Kredit ajratishga nisbatan ijobiy qaror qabul qilinishiga sabab boʻladigan omillar |
1. Ijobiy kredit tarixi (asosiy qarz va kredit foizlarini o‘z vaqtida so‘ndirganlik, joriy kechiktirilgan qarzdorlikning mavjud emasligi); 2. Potensial qarz oluvchining beqaror daromadlari yoki uning yo‘qligi (kredit arizasi topshirilgan sanagacha kamida 6 oy mobaynida doimiy daromadning mavjudligi); 3. Potensial qarz oluvchining qanoatlantiruvchi moliyaviy ahvoli; 4. Kreditni qoplashga yetarli miqdor va hajmda ta'minotning mavjudligi (kredit miqdoridan kamida 135%). |
Kredit boʻyicha asosiy qarzni toʻlashga oid muddatlarga rioya qilingmagan taqdirda, oʻz vaqtida toʻlanmagan qarzga nisbatan foiz stavkasi kechiktirilgan qarzdorlik paydo boʻlgan sanadan boshlab 1,5 baravarga ortadi. |
|
Diqqat! Kreditning foiz miqdori nominal foiz stavkasi asosida hisoblanadi. kreditning toʻliq miqdori esa foizlar va boshqa turdagi toʻlovlar oʻrnatilgan muddatlarda va butun miqdorda toʻlangan holatda siz uchun qanchaga aylanishini koʻrsatadi.Kreditning toʻliq miqdorini qaytarish tartibi bilan “kreditlar” boʻlimida tanishib chiqishingiz mumkin. |
|
Diqqat! Mazkur kreditning nominal foiz stavkasi oʻzgartirilishi mumkin. bunday holat yuz bergan taqdirda, oʻzgarishlar qarz oluvchi bilan kelishiladi. |
pdf(506 Kb)