Ipoteka krediti
Kredit muddati |
180 oygacha |
Kredit maqsadi |
Yakka tartibdagi uy joy yoki yoki koʻp xonadonli turar-joyda kvartira xarid qilish. |
Yillik foiz stavkasi |
yillik 27,99% dan (120 оy) 28,99% gacha (180 oy) |
Kredit miqdori |
2700 BHMgacha (bazaviy hisoblash miqdori) - 1 012 500 000 so'mgacha |
Taʼminot |
Kredit evaziga sotib olinayotgan uy-joy |
Soʻndirish chastotasi |
Asosiy qarzni - har oy. Hisoblangan foizlarni - har oy. Kredit boʻyicha foizlarni hisoblash kredit mablagʻlari ishlatilgan sanadan boshlanadi. |
Birlamchi toʻlov (qarz oluvchi tomonidan) |
Koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomasi summasining kamida 26 % miqdorida |
Potentsial qarz oluvchiga talablar |
|
Kerakli hujjatlar |
1. Kredit uchun ariza. 2. Kredit boʻlimi xodimi tomonidan nusxa olinadigan pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatning asl nusxasi hamda qarz oluvchining yashash manzili; 3. Oylik o’rtacha daromad tahlili uchun mijoz “anketa-so’rovnoma”ni to’ldiradi. 4. Koʻchmas mulkni xarid qilishga oid shartnoma. 5. Mustaqil baholovchining koʻchmas mulkning bоzor bahosini aniqlaydigan hisoboti. 6. Kadastr hujjatlari toʻplami. 7. Taʼminot boʻyicha hujjatlar.
|
Ipoteka kreditini olish paytida qarz oluvchi quyidagi xarajatlar uchun toʻlovni amalga oshirishi talab etiladi |
1. Ipoteka shartnomasini notarial tasdiqlash uchun davlat boji; 2. Garovga (ipoteka) qoʻyilgan koʻchmas mulkni sugʻurtalash bilan bogʻlik xarajatlar. Sugʻurtalash uchun mulkning garov summasi asos hisoblanadi; 3. Mustaqil baholovchi tashkilot hizmati uchun to’lov. |
Kreditni ajratish shakli |
Qarz oluvchining arizasiga asosan Sotuvchining Bank plastik kartasiga yoki Bank hisob varag‘iga pul o‘tkazish yo‘li bilan.
|
Kredit arizasini topshirish joyi |
Kredit arizasini qabul qilish va kreditni rasmiylashtirish ishlari bank filiallari va boʻlinmalarida amalga oshiriladi.
|
Kreditni koʻrib chiqish muddati |
Kredit arizasini koʻrib chiqish muddati ariza rasmiylashtirilgan kundan boshlab 3 kunni tashkil qiladi. Kredit arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror haqida 24 soat ichida mijozga xabar beriladi.
|
Kreditni koʻrib chiqish va rasmiylashtirishga doir qoʻshimcha toʻlovlar |
Mavjud emas |
Muddatidan oldin soʻndirish |
Koʻshimcha komissiya va jarimalarsiz ushbu turdagi kredit boʻyicha qarzni muddatidan oldin soʻndirish koʻzda tutiladi. |
Asosiy qarz va foizlar bo'yicha imtiyozli davr |
nazarda tutilmagan |
Kredit ajratishga nisbatan salbiy qaror qabul qilinishiga sabab boʻladigan omillar |
1. Salbiy kredit tarixi (kreditga doir asosiy qarz va foizlarni oʻz vaqtida soʻndirmaslik, kredit boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikning mavjudligi); 2. Potentsial qarz oluvchining barqaror boʻlmagan daromadlari yoki ularning yoʻqligi (kreditga ariza berish sanasigacha joriy ish joyida eng kamida 6 oy davomida doimiy daromadlarning mavjud emasligi); 3. Potentsial qarz oluvchi taqdim etgan notoʻgʻri, ishonchiz va to’liq bo’lmagan maʼlumot; 4. Kredit boʻyicha taʼminotning yoʻqligi. |
Taqdim etiladigan kredit boʻyicha ijobiy qarorning qabul qilishga taʼsir etuvchi ehtimoliy omillar
|
1. Ijobiy kredit tarixi (kreditlar va foizlarni oʻz vaqtida soʻndirish, kredit boʻyicha muddati oʻtib ketgan joriy qarzdorlikning yoʻqligi); 2. Potentsial qarz oluvchining barqaror daromadlari (kreditga ariza berish sanasigacha joriy ish joyida eng kamida 6 oy davomida); 3. Potentsial qarz oluvchining qanoatlantiruvchi moliyaviy ahvoli; 4. Kreditni qoplashga yetadigan miqdorda va hajmda taʼminotning mavjudligi (kredit miqdoridan 125%dan kam boʻlmagan miqdorda). |
Kredit boʻyicha asosiy qarzni toʻlashga oid muddatlarga rioya qilingmagan taqdirda, oʻz vaqtida toʻlanmagan qarzga nisbatan foiz stavkasi kechiktirilgan qarzdorlik paydo boʻlgan sanadan boshlab 1,5 baravarga ortadi. |
|
Diqqat! Kreditning foiz miqdori nominal foiz stavkasi asosida hisoblanadi. kreditning toʻliq miqdori esa foizlar va boshqa turdagi toʻlovlar oʻrnatilgan muddatlarda va butun miqdorda toʻlangan holatda siz uchun qanchaga aylanishini koʻrsatadi.
Kreditning toʻliq miqdorini qaytarish tartibi bilan “kreditlar” boʻlimida tanishib chiqishingiz mumkin. |
|
Diqqat! Mazkur kreditning nominal foiz stavkasi oʻzgartirilishi mumkin. bunday holat yuz bergan taqdirda, oʻzgarishlar qarz oluvchi bilan kelishiladi. |
pdf(494 Kb)