Ta'lim krediti

Ta'lim krediti

Ta'lim krediti

Kredit muddati

36 oygacha

Kredit maqsadi

ta'lim kreditlari kunduzgi yoki sirtqi shakldagi bakalavriat va magistratura bosqichiga O‘zbekiston Respublikasida joylashgan oliy ta'lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, fuqaroligi yo‘q shaxs yoki chet el fuqarosi bo‘lgan talabalarning o‘ziga yoki ularning ota-onalariga yoki vasiylariga beriladi.

Yillik foiz stavkasi

26,99%

Kredit miqdori

Ta'lim uchun belgilangan to‘lov-kontrakt qiymatiga qarab

Taʼminot

1) kafillik;

2) kreditni qaytarmaslik xataridan sug‘urtalash polisi;

3) Bankni qanoatlantiruvchi boshqa likvid mulk.

Ta'minotning jami miqdori kredit miqdorining kamida 135 foizini tashkil etishi kerak.

Soʻndirish chastotasi

- asosiy qarz bo‘yicha har oy;

- hisoblangan foizlar-har oy;

- kredit bo‘yicha foizlarning hisoblanishi kredit mablag‘lari ishlatilishi boshlangan sanadan e'tiboran haqiqiy kredit qarzdorligi qoldig‘iga nisbatan hisoblanadi.

Birlamchi toʻlov (qarz oluvchi tomonidan)

Mavjud emas 

Potentsial qarz oluvchiga talablar

- 18 yoshdan katta;

- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi; fuqaroligi yo‘q shaxs yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi;

- Agar qarz oluvchi talabaning ota-onasi yoki vasiyi bo‘lsa, u joriy ish joyida kredit arizasi berilgan sanagacha kamida 3 oylik mehnat stajiga ega bo‘lishi shart;

-  Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lish (joriy kreditlar bo‘yicha kechiktirilgan qarzdorlikning yo‘qligi, shuningdek, bank/banklar oldidagi majburiyatlarni vaqtida bajargan bo‘lish).

Kerakli hujjatlar

1. Kredit arizasi

2. Ish haqi plastik kartasining va u bo‘yicha kamida 3 oylik aylanmalarning mavjudligi. Bunda aylanmalar barcha amaldagi kreditlar (xususan yangi olinayotgan kredit) bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun yetarli bo‘lishi kerak; ish haqi naqd pul shaklida olingan taqdirda, so‘nggi 3 oy uchun ish joyidan ish haqi to‘g‘risida ma'lumotnoma taqdim etiladi

3. Qarz oluvchining shaxsi va yashash manzilini tasdiqlovchi pasport yoki boshqa hujjatning asl nusxasi, undan Kredit bo‘limi xodimi nusxa oladi;

4. O‘quv muassasasi bilan ta'lim uchun tuzilgan shartnoma;

5. Ta'minotga oid hujjatlar

Kreditni taqdim etish shakli 

Kredit milliy valyutada (so‘m) naqdsiz shaklda kredit mablag‘larini bank tomonidan ta'lim muassasasining hisobraqamiga o‘tkazish yo‘li orqali taqdim etiladi.

Kredit arizasini topshirish joyi

Kreditga ariza berish va kreditni rasmiylashtirish bankning filiallari va bo‘linmalarida amalga oshiriladi.

Kreditni ko‘rib chiqish muddati 

Kredit ariza u rasmiylashtirilgan sanadan 3 kun davomida ko‘rib chiqiladi. Kredit arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror mijozga 24 soat ichida ma'lum qilinadi.

Kredit arizasini ko‘rib chiqish va kreditni rasmiylashtirish uchun qo‘shimcha to‘lovlar

Mavjud emas

Muddatidan erta so‘ndirish

- Qo‘shimcha komissiya va jarimalarsiz ushbu kredit turi bo‘yicha qarzni muddatidan erta so‘ndirish nazarda tutiladi.

- Asosiy qarz va foizlar bo‘yicha - ko‘zda tutilmagan.

Taqdim etiladigan kredit bo‘yicha salbiy qaror qabul qilinishiga ta'sir etuvchi ehtimoliy omillar

1. Salbiy kredit tarixi (asosiy qarz va kredit foizlarini o‘z vaqtida so‘ndirmaslik, kreditlar bo‘yicha joriy kechiktirilgan qarzdorlikning mavjudligi);

2. Potensial qarz oluvchining beqaror daromadlari yoki uning yo‘qligi (kredit arizasi topshirilgan sanagacha kamida 3 oy mobaynida joriy ish joyidan doimiy daromadning mavjud emasligi);

3. Potensial qarz oluvchining noaniq, ishonchsiz, noto‘liq ma'lumot taqdim etishi;

4.  Kredit bo‘yicha ta'minotning mavjud emasligi.

Taqdim etiladigan kredit bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilinishiga ta'sir etuvchi ehtimoliy omillar

1. Ijobiy kredit tarixi (asosiy qarz va kredit foizlarini o‘z vaqtida so‘ndirganlik, joriy kechiktirilgan qarzdorlikning mavjud emasligi);

2. Potensial qarz oluvchining beqaror daromadlari yoki uning yo‘qligi (kredit arizasi topshirilgan sanagacha kamida 3 oy mobaynida joriy ish joyidan doimiy daromadning mavjudligi);

3. Potensial qarz oluvchining qanoatlantiruvchi moliyaviy ahvoli

4. Kreditni qoplashga yetarli miqdor va hajmda ta'minotning mavjudligi (kredit miqdoridan kamida 125%).

Kredit boʻyicha asosiy qarzni toʻlashga oid muddatlarga rioya qilingmagan taqdirda, oʻz vaqtida toʻlanmagan qarzga nisbatan foiz stavkasi kechiktirilgan qarzdorlik paydo boʻlgan sanadan boshlab 1,5 baravarga ortadi.

Diqqat! Kreditning foiz miqdori nominal foiz stavkasi asosida hisoblanadi. kreditning toʻliq miqdori esa foizlar va boshqa turdagi toʻlovlar oʻrnatilgan muddatlarda va butun miqdorda toʻlangan holatda siz uchun qanchaga aylanishini koʻrsatadi.

Kreditning toʻliq miqdorini qaytarish tartibi bilan “kreditlar” boʻlimida tanishib chiqishingiz mumkin.

Diqqat! Mazkur kreditning nominal foiz stavkasi oʻzgartirilishi mumkin. bunday holat yuz bergan taqdirda, oʻzgarishlar qarz oluvchi bilan kelishiladi.

 

Kredit toʻliq qiymatini hisoblash

500 000

16 000 000

Qoʻshimcha harajatlar


Kredit turi
Kredit miqdori
Kredit muddati
Yillik foiz ustamasi
Garovni rasmiylashtirish, sugʻurta va kreditni rasmiylashtirish jarayonlariga oid boshqa harajatlar
Kredit ajratilishining taxminiy sanasi
Kreditning toʻliq qiymati

Oy Аsosiy qarz boʻyicha qarzdorlik qoldigʻi, soʻm Аsosiy qarzni soʻndirish miqdori, soʻm Foizlar miqdori, soʻm Jami soʻndirish miqdori, soʻm
×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.