Isteʼmol krediti
Kredit muddati |
18 oy |
Kredit maqsadi |
Jismoniy shaxsga (isteʼmolchiga) uning isteʼmol ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovarlar (ish, xizmatlarni) sotib olish uchun beriladigan kredit turi.
|
Yillik foiz stavkasi |
37,99% |
Kredit miqdori |
100 BHMgacha (BHM - bazaviy hisoblash miqdori) - 34 000 000 so'mgacha |
Taʼminot |
1) jismoniy yoki yuridik shaxs kafilligi; 2) kreditni qaytarmaslik xatariga oid sugʻurtalash polisi; 3) Bankni qoniqtiradigan boshqa likvid mulk garovi; Taʼminotning umumiy miqdori kredit miqdoridan 125%dan kam boʻlmasligi kerak. |
Soʻndirish chastotasi |
Asosiy qarzni - har oy. Hisoblangan foizlarni - har oy. Kredit boʻyicha foizlarni hisoblash kredit mablagʻlari ishlatilgan sanadan boshlanadi. |
Potentsial qarz oluvchiga talablar |
|
Kerakli hujjatlar |
1) Kredit uchun ariza. 2) Oylik maoshga tegishli plastik karta va u boʻyicha eng kamida 3 oylik davr uchun aylanmalarning mavjud boʻlishi. Bunda aylanmalar barcha kreditlarni (shu jumladan yana olinayotgan kreditni) qoplaydigan miqdorda yetarli boʻlishi talab etiladi. 3) Kredit boʻlimi xodimi tomonidan nusxa olinadigan pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatning asl nusxasi hamda qarz oluvchining yashash manzili. 4) Tovarni xarid qilishga yoki koʻrsatiladigan xizmatga doir hisob-shartnoma. 5) Taʼminot boʻyicha hujjatlar. |
Kreditni ajratish shakli |
Isteʼmol krediti milliy valyutada (soʻm) kredit mablagʻlarini sotuvchi hisobiga oʻtkazish yoʻli bilan naqdsiz shaklda taqdim etiladi.
|
Kredit arizasini topshirish joyi |
Kredit arizasi va kreditni rasmiylashtirish ishlari bankning filiallari va boʻlinmalarida amalga oshiriladi.
|
Kreditni koʻrib chiqish muddati |
Kredit arizasini koʻrib chiqish muddati ariza rasmiylashtirilgan kundan boshlab 3 kunni tashkil qiladi. Kredit arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror haqida 24 soat ichida mijozga xabar beriladi. |
Avans toʻlovi |
Koʻzda tutilmagan |
Kreditni koʻrib chiqish va rasmiylashtirishga doir qoʻshimcha toʻlovlar |
Mavjud emas |
Muddatidan oldin soʻndirish |
Koʻshimcha komissiya va jarimalarsiz ushbu turdagi kredit boʻyicha qarzni muddatidan oldin soʻndirish koʻzda tutiladi.
|
Asosiy qarz va foizlar boʻyicha imtiyozli davr |
Koʻzda tutilmagan |
Kredit ajratishga nisbatan salbiy qaror qabul qilinishiga sabab boʻladigan omillar |
1. Salbiy kredit tarixi (kreditga doir asosiy qarz va foizlarni oʻz vaqtida soʻndirmaslik, kredit boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikning mavjudligi); 2. Potentsial qarz oluvchining barqaror boʻlmagan daromadlari yoki ularning yoʻqligi (kreditga ariza berish sanasigacha joriy ish joyida eng kamida 3 oy davomida doimiy daromadlarning mavjud emasligi); 3. Pontentsial qarz oluvchi taqdim etgan notoʻgʻri, noxolis va notoʻliq maʼlumot; 4. Kredit boʻyicha taʼminotning yoʻqligi. |
Kredit ajratishga nisbatan ijobiy qaror qabul qilinishiga sabab boʻladigan omillar |
1. Ijobiy kredit tarixi (kreditlar va foizlarni oʻz vaqtida soʻndirish, kredit boʻyicha muddati oʻtib ketgan joriy qarzdorlikning yoʻqligi); 2. Potentsial qarz oluvchining barqaror daromadlari (kreditga ariza berish sanasigacha joriy ish joyida eng kamida 3 oy davomida); 3. Potentsial qarz oluvchining qanoatlantiruvchi moliyaviy ahvoli; 4. Kreditni qoplashga yetadigan miqdorda va hajmda taʼminotning mavjudligi (kredit miqdoridan 125%dan kam boʻlmagan miqdorda). |
Kredit boʻyicha asosiy qarzni toʻlashga oid muddatlarga rioya qilingmagan taqdirda, oʻz vaqtida toʻlanmagan qarzga nisbatan foiz stavkasi kechiktirilgan qarzdorlik paydo boʻlgan sanadan boshlab 1,5 baravarga ortadi. |
|
Diqqat! Kreditning foiz miqdori nominal foiz stavkasi asosida hisoblanadi. kreditning toʻliq miqdori esa foizlar va boshqa turdagi toʻlovlar oʻrnatilgan muddatlarda va butun miqdorda toʻlangan holatda siz uchun qanchaga aylanishini koʻrsatadi.Kreditning toʻliq miqdorini qaytarish tartibi bilan “kreditlar” boʻlimida tanishib chiqishingiz mumkin. |
|
Diqqat! Mazkur kreditning nominal foiz stavkasi oʻzgartirilishi mumkin. bunday holat yuz bergan taqdirda, oʻzgarishlar qarz oluvchi bilan kelishiladi. |