Ipoteka krediti

Ipoteka krediti

Ipoteka krediti

Kredit muddati

180 oygacha

Kredit maqsadi

Yakka tartibdagi  uy joy yoki  yoki koʻp xonadonli turar-joyda kvartira xarid qilish.

Yillik foiz stavkasi

yillik 27,99% dan (120 оy) 28,99% gacha (180 oy)

Kredit miqdori

2700 BHMgacha (bazaviy hisoblash miqdori) - 918 000 000 so'mgacha

Taʼminot

Kredit evaziga sotib olinayotgan uy-joy

Soʻndirish chastotasi

Asosiy qarzni - har oy.

Hisoblangan foizlarni - har oy.

Kredit boʻyicha foizlarni hisoblash kredit mablagʻlari ishlatilgan sanadan boshlanadi.

Birlamchi toʻlov (qarz oluvchi tomonidan)

Koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomasi summasining kamida  26 % miqdorida

Potentsial qarz oluvchiga talablar

  • Yoshi 18 yosh va 18 yoshdan yuqori;
  • Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi; Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi yoʻq shaxs yoki xorij fuqarosi;
  • Doimiy daromad manbasiga ega boʻlish;
  • Ijobiy kredit tarixiga ega boʻlish (agar joriy kreditlar mavjud boʻlsa, ular boʻyicha toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlarning boʻlmasligi, shuningdek, salbiy kredit tarixiga ega bo’lmaslik bank/banklar oldida oʻz vaqtida bajarilmagan majburiyatlar tarixidan xoli boʻlish).

Kerakli hujjatlar

1.      Kredit uchun ariza.

2.      Kredit boʻlimi xodimi tomonidan nusxa olinadigan pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatning asl nusxasi hamda qarz oluvchining yashash manzili;

3.      Oylik o’rtacha daromad tahlili uchun mijoz “anketa-so’rovnoma”ni to’ldiradi.

4.      Koʻchmas mulkni xarid qilishga oid shartnoma.

5.      Mustaqil baholovchining koʻchmas mulkning bоzor bahosini  aniqlaydigan hisoboti.

6.      Kadastr hujjatlari toʻplami.

7.      Taʼminot boʻyicha hujjatlar.

Ipoteka kreditini olish paytida qarz oluvchi quyidagi xarajatlar uchun toʻlovni amalga oshirishi talab etiladi

1. Ipoteka shartnomasini notarial tasdiqlash uchun davlat boji;

2. Garovga (ipoteka) qoʻyilgan koʻchmas mulkni sugʻurtalash bilan bogʻlik xarajatlar. Sugʻurtalash uchun mulkning garov summasi asos hisoblanadi;

3. Mustaqil baholovchi  tashkilot hizmati uchun to’lov.

Kreditni ajratish shakli

Qarz oluvchining arizasiga asosan Sotuvchining Bank plastik kartasiga yoki Bank hisob varag‘iga pul o‘tkazish yo‘li bilan.

Kredit arizasini topshirish joyi

Kredit arizasini qabul qilish va kreditni rasmiylashtirish ishlari bank filiallari va boʻlinmalarida amalga oshiriladi.

Kreditni koʻrib chiqish muddati

Kredit arizasini koʻrib chiqish muddati ariza rasmiylashtirilgan kundan boshlab 3 kunni tashkil qiladi. Kredit arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror haqida 24 soat ichida mijozga xabar beriladi.

Kreditni koʻrib chiqish va rasmiylashtirishga doir qoʻshimcha toʻlovlar

Mavjud emas 

Muddatidan oldin soʻndirish 

Koʻshimcha komissiya va jarimalarsiz ushbu turdagi kredit boʻyicha qarzni muddatidan oldin soʻndirish koʻzda tutiladi.

Asosiy qarz va foizlar bo'yicha imtiyozli davr

nazarda tutilmagan

Kredit ajratishga nisbatan salbiy qaror qabul qilinishiga sabab boʻladigan omillar

1. Salbiy kredit tarixi (kreditga doir asosiy qarz va foizlarni oʻz vaqtida soʻndirmaslik, kredit boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikning mavjudligi);

2. Potentsial qarz oluvchining barqaror boʻlmagan daromadlari yoki ularning yoʻqligi (kreditga ariza berish sanasigacha joriy ish joyida eng kamida 6 oy davomida doimiy daromadlarning mavjud emasligi);   

3. Potentsial qarz oluvchi taqdim etgan notoʻgʻri, ishonchiz va to’liq bo’lmagan maʼlumot;

4. Kredit boʻyicha taʼminotning yoʻqligi.

Taqdim etiladigan kredit boʻyicha ijobiy qarorning qabul qilishga taʼsir etuvchi ehtimoliy omillar

 

1. Ijobiy kredit tarixi (kreditlar va foizlarni oʻz vaqtida soʻndirish, kredit boʻyicha muddati oʻtib ketgan joriy qarzdorlikning yoʻqligi);

2. Potentsial qarz oluvchining barqaror daromadlari (kreditga ariza berish sanasigacha joriy ish joyida eng kamida 6 oy davomida);

3. Potentsial qarz oluvchining qanoatlantiruvchi moliyaviy ahvoli;

4. Kreditni qoplashga yetadigan miqdorda va hajmda taʼminotning mavjudligi (kredit miqdoridan 125%dan kam boʻlmagan miqdorda).

Kredit boʻyicha asosiy qarzni toʻlashga oid muddatlarga rioya qilingmagan taqdirda, oʻz vaqtida toʻlanmagan qarzga nisbatan foiz stavkasi kechiktirilgan qarzdorlik paydo boʻlgan sanadan boshlab 1,5 baravarga ortadi.

Diqqat! Kreditning foiz miqdori nominal foiz stavkasi asosida hisoblanadi. kreditning toʻliq miqdori esa foizlar va boshqa turdagi toʻlovlar oʻrnatilgan muddatlarda va butun miqdorda toʻlangan holatda siz uchun qanchaga aylanishini koʻrsatadi.

Kreditning toʻliq miqdorini qaytarish tartibi bilan “kreditlar” boʻlimida tanishib chiqishingiz mumkin.

Diqqat! Mazkur kreditning nominal foiz stavkasi oʻzgartirilishi mumkin. bunday holat yuz bergan taqdirda, oʻzgarishlar qarz oluvchi bilan kelishiladi. 

Kredit toʻliq qiymatini hisoblash

500 000

16 000 000

Qoʻshimcha harajatlar


Kredit turi
Kredit miqdori
Kredit muddati
Yillik foiz ustamasi
Garovni rasmiylashtirish, sugʻurta va kreditni rasmiylashtirish jarayonlariga oid boshqa harajatlar
Kredit ajratilishining taxminiy sanasi
Kreditning toʻliq qiymati

Oy Аsosiy qarz boʻyicha qarzdorlik qoldigʻi, soʻm Аsosiy qarzni soʻndirish miqdori, soʻm Foizlar miqdori, soʻm Jami soʻndirish miqdori, soʻm
×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.