Kreditlash

Kreditlash

Kreditlash

«InFinBank» AJ yuridik shaxslar va yuridik shaxs maqomini tashkil etmagan xususiy tadbirkorlar bilan tuzilgan sharnomalar asosida ularning tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish uchun kredit amaliyotlarini bajaradi.

Nomi Milliy valyutada  Chet el valyutasida
Foiz stavkasi  Kredit muddati  Foiz stavkasi  Kredit muddati 
1 Aylanma mablagʻlar uchun kredit  Minimum: Markaziy bankning asosiy stavkasi + yillik 5,99%. Maksimum: Markaziy bankning asosiy stavkasi yillik +8,99%  18 oygacha  Minimum: yillik 5,99%. Maksimum: yillik 14% 18 oygacha 
2 Aylanma mablagʻlarni naqd pulda toʻldirish uchun kredit Markaziy bankning asosiy stavkasi + yillik 12,99% 18 oygacha  mavjud emas  -
3 Har qanday boshqa maqsadlar, jumladan lizingni o'z ichiga olgan muddati 18 oydan oshmaydigan kreditlar Minimum: Markaziy bankning asosiy stavkasi + yillik 5,99%. Maksimum: Markaziy bankning asosiy stavkasi yillik +8,99%  36 oygacha  Minimum: yillik 5,99%. Maksimum: yillik 14% 36 oygacha 
4 Kreditning muddati oʻtgan qismi boʻyicha foizlar Belgilangan stavka X 150%  - Belgilangan stavka X 150%  -

Kreditlar quyidagi turlarga:

  • asosiy kapitalni shakllantirish uchun beriladigan kreditlar, odatda 5 yil muddatga beriladi;

  • va 1,5 yil muddatga ajratiladigan aylanma kapital kreditlariga bo‘linadi.

Qonunchilik hujjatlarini amalga oshirish doirasida beriladigan imtiyozli kreditlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan foiz stavkalari bo‘yicha belgilanadi.

«InFinBank» AJ quyidagi asosiy kredit vositadalaridan foydalanadi:

Kredit liniyasi ochilmaydigan kredit

Kreditning jami summasi birdaniga beriladi. Kreditlashning bu shaklida mijozga ajratilgan kredit mablag‘larining umumiy summasi kreditlash muddati davomida tegshili kredit shartnomasida belgilangan maksimal miqdorda (kredit berish limitidan) ortib ketmaydi. Kreditni qaytarish taqdim etilgan so‘ndirish jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.

Kredit liniyasi ochiladigan kredit

Bunda kreditni bosqichma-bosqich berilishi ko‘zda tutiladi va uni qaytarish belgilangan jadval asosida kreditlash muddati ichida kreditni yangilamaslik garti bilan amalga oshiriladi;

Yangilanadigan kredit liniyasi

Yangilanadigan kredit liniyasi kreditlashning shunday shakliki, bunda kredit shartnomasi amal qilib turgan muddat ichida kredit bo‘yicha mijozning qarzdorligi kredit sharnomasida belgilab qo‘yilgan maksimal miqdordan (qarzdorlik limitidan) ortib ketmaydi. Kredit shartnomasi amal qilib turgan muddat ichida mijoz kreditni bir necha marta qisman yoki to‘lig‘icha so‘ndirib, o‘sha miqdordagi kredit olishni takroran yangilashi mumkin. Bu holda kreditlash muddati, kredit liniyasining limiti va kredit maqsadi cheklangan bo‘ladi.

Xorijiy kredit liniyasi

Kredit mahsulot, uskunalarini yangilashga qarshi bo‘lmagan va bunga qiziqish bildirgan, korxonalar uchun mo‘ljallangan. Xalqaro Tiklanish va Tarraqiyot bankining kredit liniyasi eskirgan texnikani tezkor modernizasiyasi hamda energiya zahiralaridan foydalanishdagi xarajatlarni qisqartirishga qaratilgan. Ushbu kredit bo‘yicha foiz stavkasi – yiliga 6%.

Loyihani amalga oshirishda faqatgina IFUK (Iqtisodiy faoliyat umumiy klassifikatori)ning kichik bo‘limiga tegishli bo‘lgan, sanoat korxonalari ishtirok etish huquqiga ega.

Kredit ajratish shartlari:
  • Kredit muddati:
    • 1,5 yilgacha — aylanma kapitalni tuo‘ldirish uchun;
    • 5 yilgacha — asosiy kapitalni shakllantirish uchun;
  • Kredit summasi — kredit ajratilayotgan tadbirning ehtiyojidan kelib chiqib belgilanadi;
  • Ta'minot — kredit summasining125% miqdorida. Ta'minot sifatida quyidagilar taqdim etilishi mumkin: mol-mulk va qimmatli qog‘ozlar garovi, tijorat banki yoki sug‘urta kompaniyasining kafolati, uchinchi shaxs kafilligi, qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi , xamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi kafilligi.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.