Infin Textile

Infin Textile

Infin Textile

Kredit mahsulotining nomi:

To‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarining aylanma mablag‘larini to‘ldirish

Kreditlash shakli:

Qayta tiklanuvchi kredit liniyasi ochish orqali

Kreditlash usuli:

Taqdim etilgan oldi-sotdi shartnomalariga muvofiq mijozning ssuda hisobvarag‘idan pul mablag‘larini yetkazib beruvchilarning joriy hisobvaraqlarga naqd pulsiz o‘tkazish.

Kreditning maqsadi:

To‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarini revol'ver kreditlash orqali aylanma mablag‘ bilan ta'minlash

Kreditlash manbasi:

Bankning o‘z mablag‘lari.

Kredit valyutasi:

O‘zR milliy valyutasi – so‘m.

Kredit muddati:

24 oygacha

Asosiy qarzni qaytarish bo‘yicha imtiyozli davr:

6 oygacha

Foiz stavkasi:

yillik 24 % miqdorida.

Kreditning eng kam miqdori:

o‘rnatilmagan

Kreditning maksimal summasi:

5 mlrd. so‘mgacha.

Kreditni to‘lash:

har oyda, annuitet yoki differensiyalangan to‘lovlar usulida

Ta'minotning maqbul turlari:

  • ATB «InFinBank»da ochilgan hisobvaraqlarda joylashtirilgan, erkin konvertasiya qilinadigan yoki milliy valyuta ko‘rinishidagi pul mablag‘lari garovi;

  • bank va sug‘urta kompaniyalarining kafolatlari;

  • ko‘char va ko‘chmas mulk garovi;

  • mulkiy huquq (talab qo‘yish huquqi) garovi;

  • davlat qimmatli qog‘ozlari va O‘zR MB qimmatli qog‘ozlari garovi, amaldagi qonun hujjatlarida ta'qiqlanmagan boshqa qimmatli qog‘ozlar va ustav fondlaridagi ulushlar garovi;

  • to‘lov qobiliyati va moliyaviy ishonchliligi tekshirilgan uchinchi shaxslarning kafilligi;

  • moliyaviy barqaror sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta polislari;

  • amaldagi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan ta'minotning boshqa turlari.

Ta'minlanganlik foizi:

Kredit summasining 125%idan kam bo‘lmagan holda.

Qarz oluvchilar uchun majburiy talablar:

  • O‘zR qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan tadbirkorlik subektlari;

  • ATB «InFinBank»da talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘ining mavjudligi;

  • Qarzdor/Sherik qarzdor/Kafilning salbiy kredit tarixining mavjud emasligi;

  • Qarzdor/Sherik qarzdor/Kafilning kreditni belgilangan muddatlarda so‘ndirib borish uchun joriy yoki kutilayotgan pul oqimlarining yetarliligi;

  • Qarzdor/Sherik qarzdor/Kafilning likvid balansga ega ekanligi va zarar ko‘rib ishlamayotganligi;

  • Qarz oluvchining faoliyati lisenziyalanishi kerak bo‘lgan taqdirda, amalga oshiriladigan faoliyat bo‘yicha tegishli ruxsatnoma guvohnomalari va lisenziyalarning mavjudligi.

  • Qarzdor/Sherik qarzdor/Kafilga va ta'minotga boshqa talablar hamda kredit olishning ushbu pasportda keltirilmagan boshqa shartlari Bankning Kredit siyosati va tegishli ichki normativ hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Moliyalashtirishni ochish tartibi:

Moliyalashtirish Bankka ta'minot belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan holda taqdim etilganidan va garov ob'ekti sug‘urta qilinganidan so‘ng ochiladi.

Talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

  • Kreditlashning barcha shartlari va kredit bo‘yicha ta'minot to‘liq ko‘rsatilgan holda kredit arizasi;

  • Qarz oluvchining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;

  • Korxona nizomi va ta'sis hujjatlarining nusxasi, barcha o‘zgartirishlar bilan;

  • Agar shaxs qarz oluvchining vakili bo‘lsa, shaxsning qarz oluvchi nomidan kredit shartnomasini imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi, imzo namunalari;

  • Joriy oyning birinchi sanasiga buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot.

  • Qarzdor/Sherik qarzdor vakolatli organining tegishli shartlarda zarur bo‘lgan kredit summasini jalb qilish va kredit bo‘yicha ta'minot taqdim qilish to‘g‘risidagi qarori;

  • Qarz oluvchi/Sherik qarzdorning boshqa banklarda hisobvaraqlari mavjud bo‘lsa, xizmat ko‘rsatuvchi banklarning 2-sonli kartoteka bo‘yicha, kreditlar, lizing, akkreditivlar bo‘yicha qarz oluvchining qarzi yo‘qligi/mavjudligi, shuningdek oxirgi 12 oydagi aylanmalar to‘g‘risidagi ma'lumotnomasi va aylanmalarning elektron shaklidagi rasshifrovkasi;

  • Olinayotgan kredit hisobidan to‘lanadigan oldi-sotdi shartnomasi;

  • «ATB «InFinBank» korporativ kreditlash bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladigan kredit operatsiyalari bo‘yicha ta'minot predmetini qabul qilish va baholash tartibi»ga muvofiq taqdim etiladigan kredit ta'minoti bo‘yicha hujjatlar.

Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan mazkur kredit mahsuloti doirasida kredit ajratish shartlari ushbu qilingan kredit liniyasining shartlaridan kelib chiqib o‘rnatiladi.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.