Lizing

Lizing

Lizing

Lizing turi: To‘g‘ridan-to‘g‘ri lizing. Qaytarma lizing

Lizingni taqdim etish usuli: Lizing obyekti uchun to‘lov summasini yetkazib beruvchi (sotuvchi) hisobiga o‘tkazish yo‘li bilan.

Lizing maqsadi: Korxona faoliyatini yuritayotgan korporativ mijozlarga lizing asosida ishlab chiqarish faoliyatida foydalaniladigan har qanday iste’mol qilinmaydigan ashyolarni, jumladan korxona mulk majmualarini, binolarni, inshootlarni, uskuna va transport vositalari hamda boshqa ko‘chmas va ko‘char mulklarni sotib olish maqsadida moliyaviy resurslar taqdim etish.

Lizing valyutasi: O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi — so‘m. Chet el valyutasi – import shartnomasi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazma.

Lizing muddati: 13 oydan 36 oygacha.

Foiz stavkasi: KUAP bayonnomasiga muvofiq.

Lizingning minimal miqdori: belgilanmagan

Lizingning maksimal miqdori: Belgilanmagan, Markaziy bankning iqtisodiy me’yorlari doirasida, mijozning to‘lovga layoqatliligidan kelib chiqib, individual tarzda belgilanadi.

Lizingni so‘ndirish: oyma-oy, annuitet yoki differensial to‘lovlar shaklida

Qabul qilinadigan ta’minot turlari:

  • 1-variant – lizing summasining kamida 55 % miqdorida mulk, pul depozitlari, bank kafolatlari, uchinchi shaxslar kafilligi, sug‘urta polislar va boshqa likvid ta’minot turlari ko‘rinishidagi garov ta’minoti.

  • 2-variant – lizing summasining kamida 40 % miqdorida oldindan to‘lov (avans to‘lovi).

  • 3-variant – 1-variant va 2-variantning zarur hajmda birlashtirilgan shakli. 

Lizing oluvchiga majburiy talablar:

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari;
  • “InFinBank” ATBda talab qilib olinguncha ochilgan asosiy depozit hisobraqamning mavjudligi;
  • Lizing oluvchi / Kafilda salbiy kredit tarixi mavjud emasligi;
  • Lizing oluvchi / Kafilning joriy yoki prognoz qilinayotgan pul oqimlari kreditni o‘z vaqtida qaytarish uchun yetarli bo‘lishi;
  • Lizing oluvchi / Kafilning balansi likvid bo‘lishi va faoliyati zarar keltirmasligi;
  • Lizing oluvchi faoliyati litsenziyalanadigan turlarga kirsa — zarur ruxsatnoma va litsenziyalarning mavjudligi;
  • Kredit olish, ta’minot va boshqa shartlarga doir potensial lizing oluvchi / Kafilga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar Bankning Kredit siyosati hamda boshqa mahalliy normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.

Moliyalashtirishni ochish tartibi:

  • Moliyalashtirish Bankka qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ta’minot hamda garov obyekti sug‘urtalanganidan so‘ng ochiladi.

Kredit oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

  • Lizingning barcha shartlarini bayon qilgan ariza.
  • Qarz oluvchining davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
  • Кorxonaning ustavi va ta’sis hujjatlarining barcha o‘zgartirishlar bilan birga nusxalari;
  • Qarz oluvchi nomidan kredit shartnomasini imzolash huquqiga ega shaxsning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi, agar shaxs vakil bo‘lsa, imzo namunalarini ham o‘z ichiga olgan holda;
  • So‘nggi moliyaviy yil uchun, shuningdek joriy oyning birinchi sanasiga tuzilgan buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar hisobotini, asosiy vositalar hamda debitor va kreditor qarzdorlikning batafsil tahlili bilan birga taqdim etish;
  • Texnik-iqtisodiy asoslama (TİA) yoki loyiha bo‘yicha biznes-reja;
  • Lizing oluvchining vakolatli organi qarori — zarur miqdordagi lizing mablag‘larini tegishli shartlarda jalb etish va kredit bo‘yicha qo‘shimcha ta’minot taqdim etish to‘g‘risida.
  • Agar boshqa banklarda hisob raqamlari mavjud bo‘lsa — xizmat ko‘rsatuvchi banklardan qarzdorning kartoteka №2, kreditlar, lizing, akkreditivlar bo‘yicha qarzdorligi mavjudligi/yo‘qligi haqidagi ma’lumotnomalar, shuningdek, so‘nggi 12 oy davomida aylanmalar to‘g‘risidagi ma’lumot xat shaklida va elektron tafsilotlarda;
  • Biznes-rejaga muvofiq mahsulotni xarid qilish yoki realizatsiya qilish bo‘yicha shartnoma loyihasi;
  • Biznes-rejaga muvofiq mahsulotni realizatsiya qilish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar va niyat bayonnomalari;
  • Lizing oluvchining faoliyat turi bo‘yicha zarur bo‘lsa — tegishli litsenziya va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar;
  • Qo‘shimcha ta’minot bo‘yicha hujjatlar — “InFinBank” ATBning korporativ kreditlash bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladigan kredit operatsiyalarida ta’minot obyektini qabul qilish va baholash tartibiga muvofiq;
  • Loyiha xarakteriga qarab qo‘shimcha hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.

Shartnoma
Shartnoma

pdf(253 Kb)

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.