InfinBLACK kredit kartalari

InfinBLACK kredit kartalari

InfinBLACK kredit kartalari

Kredit muddati

18 oy

Kredit maqsadi

Har qanday maqsadlar uchun pul mablagʻlarini qarz oluvchining plastik kartalariga oʻtkazish yoʻli bilan OʻzR milliy valyutasida taqdim etiladi.

Yillik foiz stavkasi

26,99%

Kredit miqdori

16 mln. soʻmgacha

Taʼminot

1) kreditni qaytarmaslik xatariga oid sugʻurtalash polisi;

2) Bankni qoniqtiradigan boshqa likvid mulk garovi;

Taʼminotning umumiy miqdori kredit miqdoridan 125%dan kam boʻlmasligi kerak.

Kreditni sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta mukofoti - yillik 3%

Soʻndirish chastotasi

Asosiy qarz - har oy 5,5% tushadigan limit va yillik 6,5%ga teng oxirgi miqdor

Har oy hisoblangan foizlar. Kredit boʻyicha foizlar qarz mablagʻlarinig haqikiy qoldigʻidan  kredit mablagʻlarini ishlatilgan sanadan boshlanadi

Potentsial qarz oluvchiga talablar

  • 18 yoshdan;

  • Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi; Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi yoʻq shaxs yoki xorij fuqarosi;

  • Kredit uchun ariza berish sanasigacha joriy ish joyida eng kamida 6 oy davomida mehnat stajiga ega boʻlish;

  • Ijobiy kredit tarixiga ega boʻlish (joriy kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikning yoʻqligi, shuningdek bank/banklar oldidagi majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarmaslik holatining boʻlmaganligi).

Kerakli hujjatlar

1.   Kredit uchun ariza (ariza statsionar holatda bank filiallari va boʻlimlarida rasmiylashtirilganda).

2.   Oylik maoshga tegishli plastik karta va u boʻyicha eng kamida 6 oylik davr uchun aylanmalarning mavjud boʻlishi. Bunda pul aylanmalari amaldagi barcha kreditlarga (shu jumladan yana olinayotgan kredit) oid xarajatlarni qoplash uchun yetarli miqdorda boʻlishi lozim;

3.   Kredit boʻlimi xodimi tomonidan nusxa olinadigan pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatning asl nusxasi hamda qarz oluvchining yashash manzili (ariza statsionar holatda bank filiallari va boʻlimlarida rasmiylashtirilganda).

4.   Taʼminlovchi hujjatlar (ariza statsionar holatda bank filiallari va boʻlimlarida rasmiylashtirilganda).

Kreditni ajratish shakli

Limit milliy valyutada (soʻm) plastik kredit kartaga tushirish yoʻli bilan oʻtkaziladi.

Kredit arizasini topshirish joyi

Kredit arizasi va kreditni rasmiylashtirish ishlari bankning filiallari va boʻlinmalarida amalga oshiriladi. Shuningdek, bankning mobil ilovasi orqali “ONLINE” rejimida ham buni bajarish mumkin.

Kreditni koʻrib chiqish muddati

Kredit arizasini koʻrib chiqish muddati: ariza rasmiylashtirilgan kundan boshlab 24 soat ichida. Qabul qilingan ijobiy qaror haqida mijozga 24 soat ichida xabar beriladi.

Avans toʻlovi

Koʻzda tutilmagan.

Kreditni koʻrib chiqish va rasmiylashtirishga doir qoʻshimcha toʻlovlar

Mavjud emas

Muddatidan oldin soʻndirish

Qoʻshimcha komissiya va jarimalarsiz limitni muddatidan oldin yopish imkoniyati koʻzda tutiladi.

Asosiy qarz va foizlar boʻyicha imtiyozli davr                    

Koʻzda tutilmagan

Kredit ajratishga nisbatan salbiy qaror qabul qilinishiga sabab boʻladigan omillar

1.       Salbiy kredit tarixi (kreditga doir asosiy qarz va foizlarni oʻz vaqtida soʻndirmaslik, kredit boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikning mavjudligi);

2.       Potentsial qarz oluvchining barqaror boʻlmagan daromadlari yoki ularning yoʻqligi (kreditga ariza berish sanasigacha joriy ish joyida eng kamida 6 oy davomida doimiy daromadlarning mavjud emasligi);  

3.       Pontentsial qarz oluvchi taqdim etgan notoʻgʻri, noxolis va notoʻliq maʼlumot.

4.       Kredit boʻyicha taʼminotning yoʻqligi.

Kredit ajratishga nisbatan ijobiy qaror qabul qilinishiga sabab boʻladigan omillar

 

1.       Ijobiy kredit tarixi (kreditlar va foizlarni oʻz vaqtida soʻndirish, kredit boʻyicha muddati oʻtib ketgan joriy qarzdorlikning yoʻqligi).

2.       Pontentsial qarz oluvchining barqaror daromadlari (kreditga ariza berish sanasigacha joriy ish joyida eng kamida 3 oy davomida)

3.       Potentsial qarz oluvchining qanoatlantiruvchi moliyaviy ahvoli

4.       Kreditni qoplashga yetadigan miqdorda va hajmda taʼminotning mavjudligi (kredit miqdoridan 125%dan kam boʻlmagan miqdorda).

Kredit boʻyicha asosiy qarzni toʻlashga oid muddatlarga rioya qilingmagan taqdirda, oʻz vaqtida toʻlanmagan qarzga nisbatan foiz stavkasi kechiktirilgan qarzdorlik paydo boʻlgan sanadan boshlab muddati oʻtgan qarzdorlikka nisbatan kunlik 0,25 foizdan hisoblanadi.

Diqqat! Kreditning foiz miqdori nominal foiz stavkasi asosida hisoblanadi. kreditning toʻliq miqdori esa foizlar va boshqa turdagi toʻlovlar oʻrnatilgan muddatlarda va butun miqdorda toʻlangan holatda siz uchun qanchaga aylanishini koʻrsatadi.

Diqqat! Mazkur kreditning nominal foiz stavkasi oʻzgartirilishi mumkin. bunday holat yuz bergan taqdirda, oʻzgarishlar qarz oluvchi bilan kelishiladi.

Ommaviy oferta

doc(327 Kb)

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.