Kelajak kredit kartasi: INFINBANKʼDAN INFINBLACK

Kelajak kredit kartasi: INFINBANKʼDAN INFINBLACK

Kelajak kredit kartasi: INFINBANKʼDAN INFINBLACK

Kredit karta – kinolardan hammamizga tanish buyum bizning hamyonlarimizga tushganiga ancha boʻldi. Kredit karta – yanada texnologik shaklda tatbiq etilgan barcha uchun odatiy kreditlarning yaqin qarindoshi.


Oddiy kredit vs kredit kartasi

Oldin kredit olish uchun mijoz doimo bankka borgan. Oʻzi bilan bir uyum hujjatlarni, masalan, oila aʼzolari pasportlarining asli va nusxalari, daromadlar haqida maʼlumotnoma, oilaviy ahvoli haqida maʼlumotnoma, propiska, moddiy taʼminlanganligi haqida mahalladan maʼlumotnoma, odatiy sertifikat ilova qilingan 083 shakli va oliy maʼlumotga egaligi toʻgʻrisida diplom koʻtarib kelgan. Soddaroq aytganda, mijozdan nima uchun zarurligi nomaʼlum bir dasta hujjatlar talab etilgan. Ariza rasmiylashtirilgach, u haftalar, ehtimol oylar davomida koʻrib chiqilgan, bankda biror tanishingizning ishlashi esa avtosalonda tanishingiz boʻlishidan kam mavqe keltirmagan. Siljimas foiz stavkasi asosida pul kassada naqd shaklda berilgan, foizlarni ham har oy bankka shaxsan borib toʻlash talab qilingan. Aytishlaricha, kreditni toʻlashga kelgan odamlardan shakllangan ayrim navbatlarda uchrashganlar keyinchalik oila ham qurgan ekan. Bunday formatdagi kredit bugun xuddi shahar markazida qad koʻtargan yangi xonadon mehmonxonasida ichiga billur idishlar taxlangan Polsha uy jihozidek eskirib ketgan.

Kredit kartalari mutlaqo boshqacha tartibda ishlaydi: taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati ancha kam, arizani mobil ilovada rasmiylashtirish mumkin, pul kartaga tushiriladi, qarz ham aynan kartadan yechib olinadi. 

INFINBANKʼdan INFINBLACK

2019-yilda InfinBANK kredit boʻyicha ariza va unga oid qarorning qabul qilinishini bankning mobil ilovasiga oʻtkazdi. Aksar jarayonlarni avtomatlashtirish va kreditni maʼqullash borasida qaror qabul qilish qismidan inson omilini bartaraf etish orqali, biz oʻsha payt uchun noyob boʻlgan kredit konveyerini yaratdik. Bankirlar bilan doʻstlashish zerikarli tus oldi.

Erishilgan yutuqlarda toʻxtab qolish – bizning uslubga xos emas. InfinBANK taraqqiyotning asosiy qoidasi – uzluksiz rivojlanish ekanligini yaxshi anglaydi. Uch yil davomida InfinBANK mutaxassislari InfinBLACK kartasiga doir takliflarni takomillashtirish ustida ish olib borishdi va 2023-yilning avgust oyida bozorga oʻziga xos shartlardagi yangilangan kredit kartani taqdim etishdi. 2023-yil modelidagi InfinBLACK – bu vakillik tasnifidagi avtomobil darajasidagi kredit karta boʻlib, nafis dizaynli karta, qulay foiz stavkalari va kreditorni tahlil qiluvchi zamonaviy texnologik bazani oʻz ichiga oladi.

Kartaning yangilangan shartlari: 50 kungacha foizsiz imtiyozli davr bilan 5 yil middatga 50 million soʻmgacha kredit limiti. Kredit limitining miqdori va foizsiz davr qayta tiklanish kabi noodatiy xususiyatga ega. Foiz stavkasi 23,99% dan boshlanib, har bir mijoz uchun alohida hisoblanadi. Yurtimizdagi istalgan bankning mijozi shunchaki InfinBANK mobil ilovasida roʻyxatdan oʻtib, kredit karta uchun ariza berishi mumkin.

Uch yil davomida kredit karta ustida olib borilgan ishlar natijasida, InfinBANK limit miqdorini 30 mln soʻmdan 50 mln soʻmgacha oshirdi va shunchalik moslashuvchan skoring tizimini yaratdiki, foiz stavkasi har bir mijoz uchun alohida hisoblanadi, ammo yillik 47,99% dan oshmaydi. 5 yilga kredit taqdim etib, biz uzoq, oʻzaro xolis munosabatlarni koʻzlashimiz hamda mijozlarni muddati oʻtgan karta kabi mayda-chuyda narsalar haqida qaygʻurish tashvishidan xalos qilmoqchi ekanligimizni bildirmoqchimiz. Ariza anketasini imkon qadar qisqartirish, uni koʻrib chiqish muddatini esa maksimal tezlashtirish (ariza borasida javob ish kunlari 24 soat ichida beriladi) uchun qoʻlimizdagi barcha imkoniyatlarni safarbar qildik.

50 kungacha boʻlgan imtiyozli davr qanday ishlaydi?

50 kunlik foizsiz davr InfinBANK mijozlarini mamnun qilish uchun kerak. Bu davr davomida siz bank pullaridan foydalanasiz va buning uchun bir tiyin ham toʻlamaysiz. Yurtdoshlarimiz uchun tanish eng uzoq foizsiz davr (uni yana “greys davr” yoki “imtiyozli davr” deb atashadi) 30 kunni tashkil etadi. Bu esa qarzning butun miqdorini eng yaqin oylik maoshgacha qaytarish, ehtimol buning uchun doʻstlar va qarindoshlardan qarz olib turish zarurati mavjudligini anglatadi. InfinBANK stereotip va qoidalarni barbod qilib, bir oylik muddatni yana yigirma kunga choʻzdi, shu bois siz InfinBLACK kartasi boʻyicha 50 kunlik foizsiz davrga ega boʻlasiz. Sizning shaxsiy byudjetingiz, ota-onangiz bilan munosabatlaringiz va asablaringizni asrab-avaylaymiz.
Har oyning birinchi sanasida hisobot davri boshlanadi, kartadan foydalanish imkoniyati saqlanishi uchun minimal majburiy toʻlovni keyingi oyning 20-sanasigacha toʻlash kifoya. Ellik kun – foizsiz davrning eng uzoq muddati. Keling, misol orqali tushuntirsak:

1-yanvar kuni bank sizning 15 mln soʻm soʻralgan arizangizni maʼqulladi va siz shu zahoti smartfon uchun 13 mln soʻm toʻladingiz. Sizning foizsiz davringiz 50 kunni tashkil qiladi. 20-fevralgacha sarflangan 13 mln soʻmni kartaga qaytarsangiz, imtiyozli davr yana 40 kunga “yoqiladi” va sarf-xarajatlar uchun yana 15 mln soʻm taqdim etiladi. Sxema har oy shunday ishlaydi.  Agar 20-fevralgacha faqat minimal majburiy toʻlovni amalga oshirsangiz, puldan foydalanilgan davr uchun foiz hisoblanadi, ammo uni mart oyida soʻndirasiz. Hatto shu yerda ham InfinBANKʼdan bonus mavjud: foizlarni ikki oydan keyin toʻlaysiz.

Agar smartfonni 25-yanvar kuni xarid qilgan boʻlsangiz (davr oxiriga yaqin), u holda sizda jami 26 kun imtiyozli davr qoladi.

Har qanday holatda ham siz bu vaqt ichida oylik maosh olishga ulgurasiz, kredit karta esa istagan buyumingizni hozir olish, ammo toʻlovni keyinroqqa qoldirishga yordam beradi.

VISA karta imkoniyatlari

Bankning 2021-yilda VISA bazasi asosida oʻzining protsessing tizimiga oʻtgani kreditga oid bunday afzalliklarni amalga oshirish imkonini yaratib, endilikda oʻz mevalarini bermoqda: InfinBANK, ehtimol, mamlakatdagi eng yaxshi kreditlardan birini taklif etmoqda, VISA kartalari bilan xarid qilinganda komissiya olinmayapti. VISA kredit kartasidan ham Oʻzbekiston hududida, ham xorijda foydalanish mumkin. Aslida bu bilan siz koʻp valyutali kredit kartaga ega boʻlasiz. Hozirgi ta'til mavsumida - qo'lingizdagi InfinBLACK kredit kartasi siz va yaqinlaringiz uchun haqiqiy ta'tilni his etishda ko'maklashuvchi vositaga aylanadi.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.