Mijozlarning qaydlari: InfinBLACK kredit kartasi qanday moliyaviy erkinlik beradi

Mijozlarning qaydlari: InfinBLACK kredit kartasi qanday moliyaviy erkinlik beradi

Mijozlarning qaydlari: InfinBLACK kredit kartasi qanday moliyaviy erkinlik beradi

InfinBLACK foydalanuvchilari: moliyaviy erkinlik haqidagi hayotiy hikoyalari

InfinBLACK mijozlar hayotini qanday o’zgartirdi 

InfinBANKning InfinBLACK kredit kartasi ko’plab mijozlarning hayotiy vaziyatlarida foydali vositaga aylandi. Sayohat, o‘qish yoki kundalik xarajatlar uchun mablag’ning kerak-kerak emasligidan qat’i nazar, ushbu karta kerakli vaqtda va kerakli joyda qo‘l ostida bo‘ladi. InfinBANK qanday qilib InfinBLACK mijozlarning moliyaviy muammolarini hal qilishda yordam bergani haqidagi hikoyalari bilan bo‘lishdi. 

Alisher

Talaba, Samarqand 

Men talabaman, lekin moliyaviy erkin bo’lish maqsadida bo’sh vaqtimda ishlayman. Bir oy oldin universitetda shartnoma to‘lovini qilish zaruratiga duch keldim, o’zimning shaxsiy mablag‘im yetarli emas edi. Shunday paytda menga InfinBLACK kredit kartasi yordam berdi. Uning yordami bilan men ortiqcha tashvishlarsiz to‘lovni amalga oshira oldim va men uchun juda muhim bo’lgan o’qishimni davom ettirdim. Butun jarayonga taxminan 15 daqiqacha vaqt kerak bo’ldi:

  • 5 daqiqa, InfinBANK taklifini o’rganishga

  • 5 daqiqa, InfinBLACK kredit kartasini ochishga

  • 5 daqiqa, shartnoma to’livini amalga oshirishga 

Bugungi kunda, sharoitimdan qat’iy nazar moliyaviy erkinlikni his qila olishimdan xursandmn. Men tiklanuvchi foizsiz davr shartlarini batafsil ko‘rib chiqishni va muddatidan chiqmagan holda foydalanishni maslahat beraman. Bu ortiqcha xarajatlardan qochishga va bank pullaridan "bepul" foydalanishga yordam beradi. 

Leyla

Fotograf, Tashkent 

Yaqinda men to’yimni rejalashtirishni boshlaganimda, oldinda meni ko’plab rejalashtirilmagan xarajatlar kutayotganini angladim. Avvaliga men buning oldini olish maqsadida mikrokredit olishga qaror qildim, lekim do’stlarim menga InfinBANKning InfinBLACK kredit kartasi imkoniyatlari haqida aytib berishganda, men undan foydalanishni afzal ko’rdim. Nega deysizmi? Birinchidan, uni olish uchun garov talab etilmasligi meni xursand qildi. Bu esa rasmiylashtirish jarayonini osonlashtirdi va qulaylashtirdi. Ikkinchidan, kredit kartadan foydalanish - yangilik va qiziqarli. Uchinchidan esa, kartaning o’zi ajoyib ko’rinishda bo’lib, o’zimni xuddi Amerika filmlari qahramonlaridek his qilaman.

InfinBLACK kartasi bilan men qo’shimcha xarajatlarni qoplashga va to’yni unutilmaz tarzda o’tkazishga muvaffaq bo’ldim. InfinBLACK-dan foydalanishning qulayligi va tiklanuvchi foizsiz davrdan foydalanish imkoniyati men uchun haqiqiy topilma bo’ldi. Moliyaviy erkinlik hayotimning ushbu muhim kunidan zavq olishg e’tiborimni qaratishga yordam berdi. 

Sofiya

O’qituvchi, Toshkent 

Yaqinda menga zudlik bilan naqd pul kerak bo‘ldi va men InfinBLACK kredit kartasidan foydalanishga qaror qildim – pulni bankomat orqali yechib oldim. Keyinchalik angladimki, foizsiz davr naqd pul yechib olish operatsiyalariga taaluqli emas ekan va men hisoblangan foizlarni to’lashimga to’g’ri keldi. 10 kunda 5 mln so‘mning foizi 28 767,1 so‘mni tashkil etdi. Kartaga 5 mln so’mni qaytarganimda foizlar hisoblashni to‘xtatdi.

Ushbu holat menga kredit kartasidan foydalanish shartlarini yaxshiroq tushunishimga va InfinBLACK naqd pul operatsiyalari uchun emas, balki naqd pulsiz xaridlar (onlayn va terminallar orqali to‘lovlar) uchun ishlatish foydaliroq ekanligini tushunishimga yordam berdi. Endi men kartadan kartaga pul o‘tkazish, naqd pul yechib olish va valyutani ayirboshlash uchun maxsus shartlar mavjudligini bilaman - foiz undiriladi. Men ulardan qochishga va InfinBLACK dan faqat onlayn to‘lovlar uchun foydalanishga harakat qilaman. 

InfinBLACK kredit kartasining shartlari 

InfinBLACK kredit kartasini har kim - tez va oson olishi mumkin. Yaqinda InfinBANK jarayonni optimallashtirdi va turli tizimlar bilan integratsiya qilinishi orqali, endi kartani olish vaqti ishonilmaz 5 daqiqaga qisqardi. 

InfinBLACK kredit kartasining boshqa afzalliklari: 

  • Tiklanuvchi foizsiz davr: 50 kungacha
  • Kartaning amal qilish muddati: 5 yil
  • Garov mavjud emas
  • Tiklanuvchi kredit limiti: 50 million so’mgacha
  • Xavfsiz va foydalanish qulay 

Oybek

Tadbirkor, Nukus 

Chet elga safarim paytida men VISA kartamga kerakli pul miqdorni qo’yishni unutibman. Ilk daqiqadayoq vahimaga tushdim va yaqinlarimga qo’ng’iroq qilib, pul o’tkazishlarini so’ramoqchi bo’ldim. Ammo, keyin InfinBANK kredit kartam borligi yodimga tushdi. Bu debyut InfinBLACK edi – men butkul moliyaviy erkinlikni his qildim: xaridlarim uchun osongina to’lov qildim, restoranlarda hisoblarimni yopdim. Hatto, avtobus va metrolarda ham kredit kartasi orqali to’lashim mumkin edi, chunki InfinBLACK chipta olish mashinasi bor hamma joyda ishlaydi. Shu davr mobaynida men biror marta naqd pul to’lovidan foydalanmadim. 

Kredit kartaning amal qilish muddati 5 yil bolib, bu menga juda. Bu bu o’z navbatida unga uzoq vaqt umid qila olishimga ishonch beradi. Men uchun InfinBLACK – bu haqiqiy qutqaruv halqasi. Tiklanuvchi kredit limitining miqdori 50 mln so’mgacha bo’lib, katta xarajatlardan xavotir olmaslik imkonini beradi. 

Nurbek

Yurist, Qarshi 

O'tgan oyda men uydagi texnikalarni yangilashga qaror qildim va InfinBLACK kredit kartasidan foydalandim. Hamma narsa reja bo'yicha ketayotgan edi, lekin kutilmaganda rejalashtirilmagan xarajatlar paydo bo'ldi va men keyingi oyning 20-sanasiga qadar sarflangan mablag'ni qaytarib bera olmadim. Natijada, 50 kungacha bo‘lgan tiklanuvchi foizsiz davrdan foydalanish imkoniyatini qo‘ldan boy berdim va muddati o‘tgan kunlar uchun foiz to‘lashga majbur bo‘ldim.

Ortiqcha pul to‘lamaslik uchun mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarishni maslahat beraman. Endilikda men to‘lov muddatlariga yanada jiddiyroq qarayman va bank mablag‘laridan bepul foydalanish uchun har doim foizsiz davrga "tushishga" harakat qilaman. 

Amina

Ofis menejeri, Toshkent 

Men yosh mutaxassisman va ba’zan kundalik xarajatlarimni boshqarishda qiyinchiliklarga duch kelardim. Maoshimni olgan kunimdayoq barchasini sarflab yubordim, hikoyasi - aynan men haqimda. InfinBANK kredit kartasini ishga tushirganini eshitib, ishlatib ko’rishga qaror qildim va bu men uchun haqiqiy najot bo‘ldi. Ushbu karta yordamida men ba’zi maishiy xarajatlarimni qoplayman: eng kerakli oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari mahsulotlarni sotib olish va kommunal xizmatlar uchun to‘lov, shuningdek, o‘zingni xursand qilish uchun ham etadi.

Menga ko’proq yoqadigan narsa - bu tiklanuvchi foizsiz davr. U menga intizomni o‘rgatadi: men doim bank pullaridan "bepul" foydalanishim uchun sarflangan mablag‘larni oyning 20-sanasigacha qaytarish kerakligini yodimda tutaman. Bu haqiqatan ham menga byudjetni to’g’ri rejalashtirishga va keraksiz xarajatlardan qochishga yordam berdi. Endi men asabiylashmayman va o‘zimni dadil his qilaman. 

InfinBLACK kredit kartasini qanday ochish mumkin? 

Bir necha oddiy amallarni bajarib, InfinBLACK kredit kartasini olishmumkin:
  1. InfinBANK mobil ilovasi orqali ariza yuboring: ilovani smartfonga yuklab oling, ro‘yxatdan o‘ting va kartani olish uchun ariza to‘ldiring. Ushbu operatsiyani hohlagan vaqtda va hohlagan joyda amalga oshirish mumkin, bu jarayonni maksimal darajada qulaylashtiradi. 
  2. 5 daqiqa davomida javobni kuting: ariza yuborilgandan keyin uzoq kutishingizga to’g’ri kelmaydi. InfinBANK arizani 5 daqiqada tezlik bilan ko‘rib chiqishni kafolatlaydi. 
  3. Kartani qabul qiling: agar arizangiz tasdiqlansa, sizdan kartangizni olishingiz so’raladi. 

InfinBLACK kredit kartasining narxi 50.000 so‘m. Bu summa karta ochishda hisoblangan limitdan avtomatik ravishda 1 martalik yechib olinadi. Bu InfinBLACK sizga taqdim etadigan moliyaviy erkinlik va imkoniyatlarga qaraganda oz miqdordir.

InfinBLACK kredit kartasi doimo qo‘l ostingizda bo‘ladigan ishonchli moliyaviy do‘stingizga aylanadi. Kredit karta kundalik xarajatlarni qoplashga yordam beradi, yangi imkoniyatlarni ochadi va iqtisodingizni boshqarishda intizomga o‘rgatadi. InfinBANKga ishoning va o‘zingiz uchun moliyaviy imkoniyatlar olamini kashf eting!

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.