UnionPay Classic plastik kartalari
Bugungi kunda UnionPay kartalaridan dunyoning 156 ta mamlakatida foydalanish mumkin. UnionPay kartalarini qabul qiladigan savdo nuqtalarining umumiy soni 27 millionni tashkil etadi.
UnionPay 2002 yilda Xitoyning milliy toʻlov tizimi sifatida yaratilgan. UnionPay aktsiyadorlari safida Xitoyning barcha yirik banklari bor.
2005 yildan boshlab UnionPay xalqaro biznes bilan shugʻullanishga kirishdi va UnionPay kartalari Xitoy hududidan tashqarida ham qabul qilina boshladi.
UnionPay tizimi 2012 yilda UnionPay xalqaro biznesi bilan shugʻullanadigan oʻzining UnionPay International shoʻʼba korxonasini taʼsis etdi.
Bugungi kunda UnionPay kartalari dunyoning 156 ta mamlakatida qabul qilinadi. UnionPay kartalarini qabul qiluvchi savdo nuqtalarining umumiy soni 27 milliondan iborat, ulardan 10 millionga yaqini Xitoy hududida joylashgan, UnionPay kartalarini qabul qiluvchi bankomatlar soni esa butun dunyo boʻylab 1,9 millionni tashkil etadi va ulardan 700 mingtasi Xitoyda joylashgan.
UnionPay kartalarini qabul qilish boʻyicha eng rivojlangan mintaqalar – Janubi-Sharqiy Osiyo, Gʻarbiy Yevropa va AQSh. MDH mamlakatlari boʻyicha UnionPay kartalari Rossiya, Belarusiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Ozarbayjon va Gruziyada qabul qilinadi.
UnionPay muomaladagi kartalar soni boʻyicha dunyoda yetakchi oʻrinni egallaydi.
Bugungi kunga qadar 4,7 milliard UnionPay kartalari muomalaga chiqarilgan. Xitoydan tashqari UnionPay kartalari dunyoning 40 ta mamlakatida chiqariladi. Xitoy hududidan tashqarida chiqarilgan kartalar soni taxminan 50 milliontaga yaqin.