SMS-xabarnoma

SMS-xabarnoma

SMS-xabarnoma

“SMS-xabarnoma” tizimi — bankning mijozlarini hisobraqamlar holatining oʻzgarganligi haqidagi axborotni bergan holda SMS kanallari boʻylab xabardor qiluvchi yangi avtomatik axborot tizimi.

“SMS-xabarnoma” bank mijozlariga bankka tashrif buyurmagan holda faqat mobilь telefoni yordamida real vaqt rejimida oʻz hisob raqamining holati haqidagi dolzarb axborotni olish imkonini beradi.

“SMS-xabarnoma” tizimidan foydalanishda bank:

  • mijoz tomonidan plastik kartalardan foydalanilayotganda xavfsizlik darajasin oshirishi mumkin. Masalan, ikki marta yoki ruxsatsiz hisobdan chiqarilganda, mijoz darhol bu haqida xabardor qilinadi (agar summa bir xil boʻlsa, xabar yuborilmaydi);
  • mijozlarni xabardor qilish jarayonining toʻliq avtomatlashtirilganligi tufayli inson hatosi omilini istisno etishi;
  • mijoz tomonidan koʻrsatilgan elektron manzilga hisob raqamlarning holati va amalga oshirilgan operatsiyalar haqidagi axborotni oʻzida mujassam etgan xabarni takrorlashi mumkin.

Tizimning funktsional imkoniyatlari:

Tizimning asosiy maqsadi — turli voqealar sodir boʻlganida bankning mijozlariga avtomatik tarzda xabarlarni yuborish imkonini beruvchi “Mijoz uchun xabarlar” servisini amalga oshirishdan iborat.

Standart yetkazib berishda mijozlarga quyidagi xabarlar yuboriladi:

  • hisob raqamdagi qoldiqning oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi xabar va yangi qoldiq. Mijozga hisob raqam (hisob raqamlar) va hisob raqamdagi yoki bir necha hisob raqamlardagi qoldiq xabar qilinadi;
  • yangi hujjatlarning kelib tushganligi haqidagi xabar;
  • tizimning oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, ularda axborot olish uchun mijozning oʻzi bankka qoʻngʻiroq qilishi lozim boʻlgan boshqa axborot tizimlaridan farqli ravishda mijozni xabardor qilish tashabbusi bankdan chiqadi.

Texnologik xususiyatlar:

  • uzluksiz tunu-kun ishlash imkoniyati. Modulь toʻliq avtomatlashtirilgan va “24×7” rejimida ishlashi mumkin;
  • tizimning yuqori unumdorligi. Bir xabar qilish moduli xabar qilish kanallarining istalgan sonini qoʻllab-quvvatlaydi. Unumdorlikni oshirish uchun ular oʻrtasida aloqa kanallari va turlarini, shuningdek, mijozlarga xabar qilish obʼektlarini taqsimlash ehtimoli bilan bir necha xabar qilish modullarining bir vaqtning oʻzida ishlashi nazarda tutilgan;
  • axborotning but saqlanishi. Xabar qilish moduli tizimdagi har qanday uzilishlarda axborotning toʻliq but saqlanishini, shuningdek, xabar qilishni u uzilish tufayli toʻxtab qolgan nuqtadan davom ettirishni taʼminlaydi.

Turgan joyi va sutkaning vaqtidan qatʼi nazar, mijozlarga SMS-xabarlar koʻrinishida ular hisob raqamlarining holati haqidagi dolzarb axborotni taqdim etadi.


×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.