Mobil bank
“Mobile-banking” xizmati bankning yuridik shaxs va xususiy tadbirkor boʻlgan mijozlarga quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradigan jihoz-dasturiy majmuasidan iborat:
- oʻz bank hisobraqamini yurgazish,
- toʻlovlarni amalga oshirish,
- oʻz bank hisobraqami boʻyicha hisobotni tuzish.
Shu bilan birga, uyali aloqa tarmogʻiga kirish mumkin boʻlgan istalgan joydan kunu-tun uyali aloqa telefoni vositasida yangiliklarni bilish, Bankning boʻlinmalari, mini-banklari va chakana xizmatlar markazlari joylashgan manzillarni topish mumkin.
“Mobile-banking” foydalanuvchiga oʻz hisobraqamlari boʻyicha bank amaliyotlarini on-line rejmida amalga oshirish, xamda, qoʻshimcha maʼlumot xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. Mobil internetidan aloqa vositasi sifatida foydalaniladi.
“Mobile-banking” tizimida ishlash uchun quyidagilar talab etiladi:
- Mobil smartfon jihozi yoki faol raqamli va 5.0 yoki (va) ANDROID variantidan past boʻlmagan IOS amaliyot tizimlarini qoʻllab quvvatlaydigan planshet;
- Mobil smartfon jihozi yoki Internetga ulangan planshet.
“Mobile-banking” tizimiga ulanish uchun Bankning bosh idorasidagi amaliyotlar departamentiga yoki axborot texnologiyalari departamentiga murojaat qilish lozim.
Dasturni quyidagi havolalar orkali yuklab olishingiz mumkin: