"E-mail"ga yetkazish

"E-mail"ga yetkazish

"E-mail"ga yetkazish

Hisobraqam koʻchirmalarini yalpi “E-mail” xatlar orqali yetkazish deganda,  bankda yangi amaliyot kunining hisobraqam koʻchirmasini va kun hujjatlarini avtomatlashtirilgan tarzda mijozning “E-mail” manziliga yuborish nazarda tutiladi.

Mijozlar, shuningdek, hisobraqam koʻchirmasini toʻgʻri keladigan andozaga muvofiq aniq sanada (har kuni, har haftada, har oy yoki har yilda) yuborilishini belgilashlari mumkin.

Hisobraqam koʻchirmalarini “E-mail” manziliga yetkazish mijozlarga quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

  • hisobraqam koʻchirmalarini elektron shaklda dunyoning istalgan nuqtasida olish;
  • mijozlarining hisobraqamlarida pul mablagʻlari harakatini monitoring qilish;
  • mijozga elektron hisobraqam koʻchirmalarini yuborish muntazamligini oʻrnatish;
  • xizmatdan foydalanish davri mobaynida xabarlarni monitoring qilish;
  • xabarlarni qabul qiluvchi manzilni oʻzgartirish va x.k.z.
Hisobraqam koʻchirmalarini “E-mail” manziliga yetkazish xizmati qoʻshimcha toʻlov talab qilmaydi va oʻrnatilgan tarif rejasi doirasida mijozlarga taqdim etiladi.

Hisobraqam koʻchirmalarini “E-mail” manziliga yetkazish xizmatini sizga xizmat koʻrsatayotgan AJ “InFinBank” istalgan boʻlinmasida yoqtirishingiz mumkin.


×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.