Kafolatlar

Kafolatlar

Kafolatlar

Kafolat — bu bankning mijoz majburiyatlarini bajarishini ta’minlash bo‘yicha moliyaviy majburiyati.

Kafolat turlari:

  • Bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lash uchun kafolat;

  • Tanlov (tender) taklifi uchun ariza ta’minoti kafolati;

  • Bojxona omborini tashkil etish uchun kafolat;

  • Qattiq hisobot blankalarini olish uchun kafolat (BAHS “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK);

  • Boshqa turdagi kafolatlar.

Kafolat valyutasi:

  • O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi — so‘m

  • Chet el valyutasi

Milliy valyutada

Chiqarish uchun komissiya: taqdim etilayotgan kafolat summasining yoki limit summasining 3,5%dan, bank kafolati yoki bank kafolati limitining amal qilish muddatiga, biroq 1 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga

Xorijiy valyutada

Chiqarish uchun komissiya: taqdim etilayotgan kafolat summasining yoki limit summasining 3%dan, bank kafolati yoki bank kafolati limitining amal qilish muddatiga, biroq 1 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga

Agar kafolatning yoki bank kafolatlari limitining amal qilish muddati 1 yildan ortiq bo‘lsa, bir martalik komissiya har yili yoki kafolatning butun amal qilish davri uchun undiriladi.

Moliyalashtirish bo‘yicha komissiya: 29,99%. Bank tomonidan kafolat summasi Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan to‘langan taqdirda undiriladi

Mijoz va uning faoliyatiga qo‘yiladigan majburiy talablar:

  • Kredit oluvchining tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganiga kamida 6 oy bo‘lgan bo‘lishi;
  • “InFinBank” AJda talab qilib olinadigan (asosiy yoki qo‘shimcha) depozit hisobvarag‘ining mavjudligi;
  • Salbiy kredit tarixining yo‘qligi;
  • Kredit oluvchining balansi likvid bo‘lishi va faoliyati zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi;
  • “Kartoteka-2” mavjud emasligi;
  • Kreditga layoqatlilik darajasi 3-darajadan past bo‘lmasligi

*Agar kreditga layoqatlilik darajasi 3-darajadan past bo‘lsa, Bank faktoring bo‘yicha arizani likvid ta’minot mavjudligi va garov huquqining rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilishi sharti bilan ko‘rib chiqishi mumkin.

Mijoz tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

  1. Kafolat shartlari va xizmat turi ko‘rsatilgan ariza;
  2. Ta’sis shartnomasi, ustav hamda ularga kiritilgan barcha o‘zgartish va qo‘shimchalar;
  3. Korxonaning buxgalteriya hisobotlari joriy oyning birinchi sanasiga: “1-shakl: Buxgalteriya balansi”, “2-shakl: Moliyaviy natijalar hisobotlari”, asosiy vositalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, foyda taqsimoti, debitor va kreditor qarzdorlik ma’lumotlari;
  4. Vakolatli organ qarori — kafolat olish va ta’minot taqdim etish to‘g‘risida, unda olinayotgan kafolat hamda taqdim etilayotgan garov haqida ma’lumot bo‘lishi lozim.
  5. Bankning ichki normativ hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq taqdim etiladigan ta’minot hujjatlari;
  6. Ta’minot bilan bog‘liq hujjatlar.
  7. Kafolat berish uchun asos bo‘ladigan hujjatlar: tender hujjatlari, tegishli shartnomalar va boshqa zarur hujjatlar.
  8. Bank kafolati matni va/yoki talabnoma loyihasi.
  9. Shartnomalarni imzolash huquqini tasdiqlovchi imzo namunalari nusxasi.
  10. Boshqa banklarda ochilgan hisobvaraqlar ro‘yxati.

*Xatarlarni kamaytirish maqsadida Bank qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etishni talab qilishi mumkin.


Shartnoma
Shartnoma

pdf(395 Kb)

Ariza
Ariza

pdf(203 Kb)

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.