Xorijiy valyutada
«InFinBank» ATB milliy valyutada hisob-kitob, kassa operatsiyalarini amalga oshirish
bo‘yicha barcha turdagi xizmatlarni ko‘rsatadi.
«InFinBank» ATB har bir mijozga alohida yondashuv usulida xizmat ko‘rsatadi, xizmat ko‘rsatishning yuksak sifatini hamda to‘lovlarning kam vaqt sarflab tezda o‘tkazilishini ta'minlaydi.
«InFinBank» ATB yuridik shaxs bo‘lgan mijozlarga xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarga xizmat ko‘rsatishning barcha turlaridan foydalanish imkoniyatini yaratib beradi.
- Valyuta mablag‘ali o‘tkazmalari;
- Naqd pullik amaliyotlar;
- Tashki savdo shartnomalari buyicha amaliyotlar monitoringi va xisobi;
- Xorjiy valyutani konvertasiya (sotib olish/sotish) qilish;
- SVOP operatsiyalar;
- SPOT operatsiyalar;
- Hujjatli akkreditivlar;
- Bank kafolatlari.
Hisobvaraqni ochish va yuritish
«InFinBank» ATB hisobvarqni ochish taomili siz uchun qulay va yengil bo‘lishi uchun barcha shart-sharoitlarni ko‘zda tutishga harakat qiladi. Mijozlarga qulay bo‘lishi uchun bank xodimlari hisob raqami ochish uchun barcha zarur hujjatlarni o‘zlari to‘ldirishadi, shuningdek hujjatlardan nusha ko‘chirib berishadi.
Mijozlarning eksport va import shartnomalariga xizmat ko‘rsatish:
- Shartnoma mijoz tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (TSOYaEAT) kiritilgan bo‘lishi kerak;
- Tomonlarning imzo va muhri bilan tasdiqlangan shartnoma hamda agar mavjud bo‘lsa, qo‘shimcha kelishuvlarning nusxasi;
- Shartnoma O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligida ro‘yxatga olingani to‘g‘risida sertifikat (zarur bo‘lgan hollarda va amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq).
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan namunadagi konvertasiya qilish uchun buyurtmanoma, 3-nusxada;
- Xorijiy hamkor bilan imzolangan shartnomaning nusxasi (Bankda monitoringda bo‘lgan shartnoma);
- Mijozlar valyuta xarid qilishdan ko‘zlangan maqsadlarga qarab, Bankka buyurtmanomaning asoslanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ham taqdim etadilar.
- Foydani taqsimlash va dividendlarni to‘lash to‘g‘risidagi hujjat (aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarori);
- Auditor firmasi yoki soliq organining xulosasi;
- Konvertasiya mablag‘larining hisob-kitobi;
- Dividanedlar bo‘yicha to‘lanadigan daromad solig‘ining soliq organi tomonidan tasdiqlangan hisob-kitobi va ushbu soliq to‘langanligining tasdiqnomasi.
Xorijiy valyutadagi kreditlarga, shu jumladan lizing bitimlariga xizmat ko‘rsatishda vakolatli bankka qo‘shimcha ravishda quyidagilar topshiriladi:
- Asosiy qarzni va foiz to‘lovlarini so‘ndirish jadqali (bank o‘tkazmalarning ko‘zda tutilayotgan va haqiqatla amalga oshiriladigan sanalarini ko‘rsatgan holda);
- Hukumat tomonidan olingan va kafolatlangan shartnomalar bo‘yicha, — huqumatlararo kelishuvning nushasi, Vazirlar Mahkamasining qarori yoki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan beriilgan kafolat nushasi;
- Kafolatlanmagan shartnomalar bo‘yicha — kredit bitimi Markaziy bankda ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi tasdiqnoma.
Xalqaro to‘lovlarni o‘tkazish uchun zarur shartlar:
- Bank hisobvaraqlarida pul mablag‘lari mavjudligi;
- To‘lov hujjatining mavjudligi (to‘lov topshiriqnomasi, valyuta mablag‘larini o‘tkazish uchun ariza);
- Valyuta to‘lovlarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari o‘rtasidagi to‘lovlarni amalga oshirganda O‘zbekiston Respublikasi valyuta qonunchiligi talablariga muvofiq hujjatlar taqdim etiladi;
- Bank tariflariga muvofiq xalqaro o‘tkazma uchun kimsiion haq to‘lanishini ta'minlash;
Akkreditiv ochish uchun quyidagilar talab etiladi:
- Akkreditivning asosiy summasini qoplash uchun yetarli mablag‘larning yoki kredit limitining o‘z valyuta hisobvarag‘ingizda, hamda belgilangan tariflarga muvofiq komission haqni to‘lash uchun yetarli so‘mdagi qo‘shimcha mablag‘larning mavjud bo‘lishi.
- Bankka akkreditiv ochish uchun to‘ldirilgan blankani taqdim etish.
- Bankda import kontraktining mavjudligi.
Xorijiy valyutada hisobvarag‘ini ochish uchun yuridik shaxs quyidagilarni taqdim etishi shart:
- Davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma
- Ustav (notarial tasdiqlangan nusha)
- Ta'sis shartnomasi (notarial tasdiqlangan nusha)
- Vakolatli shaxslarning pasporti — asli (direktor va bosh hisobchi)
- Imzo namunalari varaqalari (notarial tasdiqlangan)