«Mislsiz 200% cashback» aksiyasiga start beramiz
Keshbeklar mavzusi xaridorlar qalbini, yanada to‘g‘rirog‘i, aqlini egallaganiga ancha bo‘ldi – sarflangan mablag‘larning bir qismini qaytaruvchi dasturlar hozirda ko‘plab ilovalar, banklar va do‘konlarda mavjud. Ammo xaridlarning 1% miqdorida keshbek olish bilan 200% mablag‘ni qaytarib olish o‘rtasida katta farq bor, shunday emasmi?
2023-yil 7-avgustdan 7-oktyabrga qadar har bir InfinBANK «Mislsiz 200% cashback» askiyasida ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladi. Buning uchun VISA InfinBANK – Virtual, Classic, Gold, Platinum kartalari bilan to‘lov qilish kerak. Shu orqali har bir tranzaksiya 200%lik keshbek uchun da’vogarga aylanadi.
“Har bir tranzaksiya” deganda nimani nazarda tutyapmiz?
O‘zbekiston hududi va undan tashqarida VISA InfinBANK kartasi orqali amalga oshirilgan barcha – onlayn, oflayn to‘lovlar
Har hafta InfinBank tasodifiy sonlar generatori yordamida uchta tranzaksiyani aniqlaydi va g‘olib bo‘lgan mijozlar 200%lik keshbekni qo‘lga kiritishadi.
Maksimal keshbek miqdori – 1000$, demak, 500$dan yuqori bo‘lgan tranzaksiyalar uchun keshbek miqdori doimiy va 1000$ga teng bo‘ladi.
InfinBANK aksiyasidan foydalanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang va 200%lik keshbekka ega bo‘ling.