Munosabat

Munosabat

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda InFinBank da xakerlik yo‘li bilan pul mablag‘larini o‘g‘irlash holatlari yuz bergani haqida axborotlar tarqatilmoqda. 

Shu yilning 3-5 sentyabr' kunlari bir guruh xalqaro moliyaviy firibgarlar xorijda joylashgan fiktiv merchant xizmatlaridan  InFinBank'da o‘zlarining jinoiy sheriklarining nomiga ochilgan visa plastik kartalariga valyuta mablag‘larini o‘tkazishga va shu kunlarning o‘zida bankomat tizimlarida naqdlashtirish, boshqa banklarning mobil ilovalari, Humo va Uzcard tizimida ochilgan kartalar vositasida o‘zlashtirishga uringanlar.  

Hozirda jinoiy guruhning a'zolari aniqlangan. Gumonlanuvchilar qo‘lga olingan. Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda. Noqonuniy ishlatilgan va o‘zlashtirilgan mablag‘larning bir qismi undirildi va qolgan qismini undirish harakatlari amalga oshirilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarda ko‘rsatilgan summalar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Surishtiruv, tergov va undiruv harakatlari yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot va axborotlar beriladi.
×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.