Ikkilamchi bozordan avtokredit
Kredit muddati |
60 oygacha |
Kredit maqsadi |
Ikkilamchi bozordan avtomobil' xarid qilish uchun |
Yillik foiz stavkasi |
yillik 23,99% |
Kredit miqdori |
400 000 000,00 so‘mgacha |
Taʼminot |
Kredit evaziga sotib olinayotgan avtomobil' va kredit qaytmaslik xataridan sug‘urta polisi |
Soʻndirish chastotasi |
Asosiy qarzni soʻndirish boʻyicha imtiyozli davr tugaganidan soʻng - har oy. Hisoblangan foizlarni - har oy.
Kredit boʻyicha foizlar qarz mablagʻlarinig haqikiy qoldigʻidan kredit mablagʻlarini ishlatilgan sanadan boshlanadi |
Birlamchi toʻlov |
Avtotransport vositasi qiymatidan 20%dan kam boʻlmagan miqdorda. |
Potentsial qarz oluvchiga talablar |
|
Kerakli hujjatlar |
- Sotuvchi va sotib oluvchinig shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari; - Sotib olinayotgan avtomobilning texpasporti; - Komissioner orqali uch tomonlama tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi;
- Mustaqil baxolash kompaniyasining mulkning baholash hisoboti. |
Kreditni ajratish shakli |
Kredit bank tomonidan kredit mablagʻlarini sotuvchi hisobiga oʻtkazish orqali milliy valyutada (soʻm) naqdsiz shaklda taqdim etiladi. |
Kredit arizasini topshirish joyi |
Kredit arizasi va kreditni rasmiylashtirish ishlari bankning filiallari va boʻlinmalarida amalga oshiriladi. |
Kreditni koʻrib chiqish muddati |
Kredit arizasini koʻrib chiqish muddati ariza rasmiylashtirilgan kundan boshlab 3 kunni tashkil qiladi. Kredit arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror haqida 24 soat ichida mijozga xabar beriladi. |
Kreditni koʻrib chiqish va rasmiylashtirishga doir qoʻshimcha toʻlovlar |
Mavjud emas |
Muddatidan oldin soʻndirish |
Koʻshimcha komissiya va jarimalarsiz ushbu turdagi kredit boʻyicha qarzni muddatidan oldin soʻndirish koʻzda tutiladi. |
Asosiy qarz va foizlar boʻyicha imtiyozli davr |
Mavjud emas. |
Kredit ajratishga nisbatan salbiy qaror qabul qilinishiga sabab boʻladigan omillar |
1. Salbiy kredit tarixi (kreditga doir asosiy qarz va foizlarni oʻz vaqtida soʻndirmaslik, kredit boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikning mavjudligi); 2. Potentsial qarz oluvchining barqaror boʻlmagan daromadlari yoki ularning yoʻqligi (kreditga ariza berish sanasigacha joriy ish joyida kamida 3 oy davomida doimiy daromadlarning mavjud emasligi); 3. Pontentsial qarz oluvchi taqdim etgan notoʻgʻri, ishonchiz va to’liq bo’lmagan maʼlumot. 4. Kredit boʻyicha taʼminotning yoʻqligi. 5. Sotib olinayotgan avtomobil texnik holatining qoniqarsizligi. |
Kredit ajratishga nisbatan ijobiy qaror qabul qilinishiga sabab boʻladigan omillar
|
1. Ijobiy kredit tarixi (kreditlar va foizlarni oʻz vaqtida soʻndirish, kredit boʻyicha muddati oʻtib ketgan joriy qarzdorlikning yoʻqligi). 2. Potentsial qarz oluvchining barqaror daromadlari (kreditga ariza berish sanasigacha joriy ish joyida eng kamida 6 oy davomida) 3. Potentsial qarz oluvchining qanoatlantiruvchi moliyaviy ahvoli 4. Kreditni qoplashga yetadigan miqdorda va hajmda taʼminotning mavjudligi (kredit miqdoridan 125%dan kam boʻlmagan miqdorda). |
Kredit boʻyicha asosiy qarzni toʻlashga oid muddatlarga rioya qilingmagan taqdirda, oʻz vaqtida toʻlanmagan qarzga nisbatan foiz stavkasi kechiktirilgan qarzdorlik paydo boʻlgan sanadan boshlab 1,5 baravarga ortadi. |
|
Diqqat! Kreditning foiz miqdori nominal foiz stavkasi asosida hisoblanadi. kreditning toʻliq miqdori esa foizlar va boshqa turdagi toʻlovlar oʻrnatilgan muddatlarda va butun miqdorda toʻlangan holatda siz uchun qanchaga aylanishini koʻrsatadi.
|
|
Diqqat! Mazkur kreditning nominal foiz stavkasi oʻzgartirilishi mumkin. bunday holat yuz bergan taqdirda, oʻzgarishlar qarz oluvchi bilan kelishiladi.
|

doc(17 Kb)