uz
Кўзи заифлар учун
Алоқа-маркази
Ишонч телефони
(+99871) 202-50-60
Qanday hollarda bank kredit berish borasida rad javobini berishi mumkin?

Qanday hollarda bank kredit berish borasida rad javobini berishi mumkin?

Qanday hollarda bank kredit berish borasida rad javobini berishi mumkin?

InfinBANK


Yaqinda biz yangi mahsulotni – online-kreditni yoʻlga qoʻydik. Onlayn kreditlashning butun jarayoni avtomatik ravishda qurilgan va bunda inson omili rol oʻynamaydi. Taklif darhol eʼtiborni tortdi: bir necha soat ichida hujjatlarsiz, garovsiz va kafilsiz kredit!

Ijobiy tajriba va baʼzi kishilar tomonidan muvaffaqiyatli kredit olishlar bilan bir qatorda, boshqa foydalanuvchilar har doim ham xizmatdan foydalana olmasliklari mumkin. Kredit berishni rad etilishining asosiy sabablarini eslatib oʻtamiz:

1. Notoʻgʻri toʻldirilgan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar bilan toʻldirilgan ariza.

Pasport maʼlumotlari, telefon raqami yoki manzilini yozishdagi xatolar tufayli tahlil dasturi (skoring) avtomatik ravishda kreditni rad etishi mumkin.

2. Kredit tarixi.

Oldingi zaymlar va kreditlarning kechikib toʻlanishini koʻrganda tizim potentsial mijozni ishonchsiz deb hisoblashi mumkin. Ayni vaqtda katta miqdordagi soʻndirilmagan kreditlarning mavjudligi ham rad etish uchun sabab boʻladi, chunki ular qarzdorning toʻlov qobiliyatiga taʼsir koʻrsatadi.

Kredit tarixi haqida batafsilroq maʼlumotni bizning maqolamizda oʻqing.

3. Qarz oluvchi 18 yoshga toʻlmagan.

4. Notoʻgʻri maʼlumotlar.

Birovning pasportini ilova qilmang, birovning kartasiga kredit olishga urinmang.

5. Skoring ballning yetarli emasligi.

Skoring barcha maʼlumotlarni: ish haqini hisoblashdan tortib mulkka egalik toʻgʻrisidagi maʼlumotlargacha boʻlgan barchasini tekshiradi. Dastur bir qator omillarni – tajriba, faoliyat turi va boshqalarni tahlil qiladi va oʻz algoritmi asosida maʼlum bir ballni qoʻyadi. Shu ballning qiymatidan kelib chiqib, kredit limiti hajmi belgilanadi.