Dollar kursi barqarorlashmoqda, mablag‘larni milliy valyutada jamg‘arish vaqti keldi – InfinBANK eksperti
Tashqi valyuta bozoridagi mavhumlik fonida O‘zbekiston ichki bozori so‘zsiz barqarorlashib bormoqda. So‘mning dollarga nisbatan mustahkamlashib borishi kuzatilmoqda va bunday tendensiya davom etadi, degan qarashlar mavjud. Bu esa jamg‘armalarning bir qismini so‘mga o‘tkazish kerakligini anglatadi, – deb hisoblaydi InfinBANK ATB ulgurji biznes departamenti direktori o‘rinbosari Bahodir Davronov.
Dollar kursining so‘mga nisbatan pasayib borishi xorijiy valyutani sotib, bivalyuta jamg‘arma savatini shakllantirish uchun qulay fursat. Buning afzalligi nimada? Birinchidan, sizda bir valyuta qimmatlashib ketadigan bo‘lsa, yo‘qotishlardan himoyalanganlik kafolati bo‘ladi, jamg‘armangizda muvozanat saqlanadi.
Ikkinchidan esa, bank mahsulotlari bozorida milliy valyutadagi yetarlicha jozibador depozit mahsulotlari paydo bo‘lmoqda. Shuning uchun, agar sizda o‘z so‘mlaringizni nima qilish borasida savol tug‘ilsa, InfinBANK siz uchun da unga tayyor javob bor: aksiya bo‘yicha qabul qilinayotgan milliy valyutadagi yangi «Infin Ustuvor» depoziti.
Omonat stavkasi yillik 24%, muddati — 90 kun. Depozitning eng kam summasi bir million so‘mni tashkil etadi, maksimal summa esa cheklanmagan.
Omonatni bank filiallari yoki InfinBANK mobil ilovasida Uzcard va Humo plastik kartalaridan rasmiylashtirish mumkin. Omonat ochilganidan so‘ng uni hech qanday istalgancha to‘ldirib borishingiz mumkin. Depozit muddati anchagina qisqa – atigi 90 kun bo‘lganligi uchun, qisman yechib olish imkoniyati ko‘zda tutilmagan. Hisoblangan foizlar har 30 kunda to‘lanadi. Omonatni muddatidan ilgari yopganda hisoblangan foizlar to‘liq 30 kun uchun to‘lab beriladi.
«Infin Ustuvor»ning uch oylik depoziti uzoq muddatli investisiyalar bilan tavakkal qilishni xohlamaydiganlar uchun mos yechim hisoblanadi. Depozit muddati tugaganda esa omonatchi o‘z jamg‘armalarini keyinchalik nima qilish borasida tasavvurga ega bo‘ladi. Hozir esa bir narsani ishonch bilan aytish mumkinki, jamg‘armalarni so‘mdagi depozitlarda saqlash nisbatan foydaliroq.
Shoshiling, «Infin Ustuvor» omonatini ochish bo‘yicha aksiya muddati 10 aprelgacha davom etadi.