Ko‘chmas mulk narxlari o‘sib borayotgan hozirgi vaqtda ipoteka kreditini olish ancha foydali – ekspert
Ko‘chmas mulk, xoh u ko‘p qavatli uydagi kvartira bo‘lsin, xoh hovli bo‘lsin, o‘n yildan ortiq vaqtdan beri o‘zbekistonliklarning sarmoyalari reytingida yetakchilik qilib kelmoqda. Buning sababi, ehtimol, xalqimizning mentalitetidadir: biz o‘z uyimizga ega bo‘lishga g‘arbliklardan ko‘ra ko‘proq ahamiyat beramiz. “Ijara o‘rniga oylik ipoteka to‘lash mumkin bo‘lgan bir vaqtda, nega ijarada turibsan” – bunday maslahatlarni hamma yoqda eshitish mumkin.
Haqiqatan ham 2022 yilda ko‘chmas mulkka sarmoya kiritsa arziydimi? Qanday qilib foydali ipoteka olish mumkin? Bu haqda InfinBANK chakana kreditlash departamenti direktori o‘rinbosari Anvar Karaxanov ma'lumot beradi.
Darhaqiqat, ko‘chmas mulk, garchi eng likvidli bo‘lmasa ham, O‘zbekistondagi eng barqaror sarmoyadir. Shaharlarning yuqori urbanizasiyasi, ko‘p qavatli uylardan iborat yangi tumanlar qurilishi, ko‘chmas mulk turlarining ko‘payishi qulay uy-joy olish va investisiya kiritish uchun variantlarni ko‘rib chiqish va tanlash imkonini beradi. Ko‘p odamlar ijaraga berish va qo‘shimcha passiv daromad olish uchun kvartira sotib olishadi. Ayrim ota-onalar “10 yildan keyin narxlar ikki baravar ko‘tariladi” deb o‘ylab, oldindan, farzandlarining kelajagi uchun ko‘chmas mulk sotib oladi. Ikkilamchi bozorga alohida e'tibor qaratiladi: «birlamchi» dan farqli o‘laroq, bunday kvartiralar yaxshi infratuzilmaga ega, yashash uchun ancha qulay va shuning uchun ularni ijaraga berish osonroq.
Buni statistik ma'lumotlar ham tasdiqlaydi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma'lumotlariga ko‘ra, yanvar' oyida ikkilamchi bozorda uy-joylarning o‘rtacha narxi o‘tgan oydagiga nisbatan 1,4 foizga oshdi (dekabr' oyida o‘zgarmadi, noyabr' oyida o‘sish 1,2 foizni tashkil etdi).
Hududlar kesimida uy-joylar narxining eng yuqori o‘sish sur'atlari Farg‘ona (5,2 foiz), Andijon (5,0 foiz) va Navoiy (4,5 foiz) viloyatlarida kuzatildi, Jizzax (-4,2 foiz), Surxondaryo (-3,1 foiz), Namangan (-2,3%) va Sirdaryo (-2,1%) viloyatlarida esa, uy-joylar narxining pasaygani qayd etildi.
Mutaxassislarning qayd etishicha, Toshkent shahrida uy-joylar narxi 2,4 foizga oshgan. Uy-joylar narxidagi eng katta o‘sish Mirzo Ulug‘bek (5,0 foiz), Mirobod (4,5 foiz) va Yashnobod (4,3 foiz) tumanlarida kuzatilgan. Poytaxtning Uchtepa (-1,4%) va Olmazor (0,7%) tumanlarida narxlar biroz pasaygan.
Narxlarning bunday sur'at bilan o‘sishi ipotekaga uy sotib olishga yanada kuchli turtki beradi. Qanday qilib deysizmi? Buni arifmetik jihatdan hisoblash juda oson. Masalan, yillik 22,99 foizli InfinBANK ipoteka kreditida oylik foiz taxminan 1,9% ga to‘g‘ri keladi, bu esa respublika bo‘yicha ko‘chmas mulk narxlarining oshish foizidan (1,4%) atigi yarim foizga yuqori va Toshkentdagi ko‘rsatkichlardan yarim foizga pastdir.
Ikkilamchi bozordagi ipoteka kreditlari bilan bog‘liq yagona muammo shundaki, barcha banklar ham ushbu mahsulotni, xususan, bugungi kunda taqdim etmayapti. Bunda eng foydali takliflardan birini InfinBANK bermoqda: foiz stavkasi 22,99%, maksimal muddat 15 yil, summasi 65 BHM gacha, bu hozirda 1,755 milliard so‘mga teng. Bu sizga nafaqat kvartiralarni, balki katta oilalar uchun kengroq uylarni ham xarid qilish imkonini beradi.