InfinBANKʼdan bahoriy taklif –  Nastarin depoziti

InfinBANKʼdan bahoriy taklif – Nastarin depoziti

InfinBANKʼdan bahoriy taklif – Nastarin depoziti

Oʻz jamgʻarmangizni InfinBANK taklif etayotgan yillik 22 foizli Nastarin depoziti bilan koʻpaytiring.

Nastarin muddatli depoziti milliy valyutada qoʻyilib, jami 15 oyga moʻljallangan. Minimal depozit summasi 10 mln soʻmni tashkil etadi, yillik foiz stavkasi esa 22%ga teng. Foizlar avtomatik tarzda hisoblanib, mijozning talab qilib olingunga qadar boʻlgan depozit hisobvaragʻi yoki elektron hamyon hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.

Depozit muddati tugagunga qadar kiritilgan pul mablagʻlarini, kamida 10 mln soʻmga teng qoldiqni saqlash sharti bilan, qisman yechib olish mumkin. Depozit belgilangan muddatdan oldin yopilganda, hisoblangan foizlar toʻliq oy uchun toʻlab beriladi. Shuningdek, mazkur depozitni ham ilova yordamida, ham bank filialiga tashrif buyurgan holda ochish mumkin. Bu esa mijozga qoʻshimcha qulaylik yaratadi.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.