Kichik biznes vakillari uchun yangi mikrokredit yo‘lga qo‘yildi

Kichik biznes vakillari uchun yangi mikrokredit yo‘lga qo‘yildi

Kichik biznes vakillari uchun yangi mikrokredit yo‘lga qo‘yildi

Endilikda yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar va kichik biznes subektlari “InfinBANK”dan ​​imtiyozli shartlarda mikrokredit olishlari mumkin. 

Ayrim hollarda yangi darajaga ko’tarilishi uchun kichik biznesni qo’llab-quvvatlash kerak, masalan, kichik miqdordagi kredit mablag’lari bilan. Korporativ mijozlar uchun yangi mahsulotni tayyorlash davomida InfinBANK kichik biznesning xususiyatlarini inobatga oldi va tadbirkorlarning rivojlanishi hamda yangi marralarni zabt etishiga yordam beradigan shart-sharoitlarni yaratdi. 

InfinBANK mikrokrediti kichik biznes sub’ektlari uchun, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar va kichik korxonalarga mo’ljallangan: 

  • Kreditning maksimal miqdori – 300 mln. so'm

  • Kredit muddati – 24 oygacha

  • Kredit mablag’lari qarz oluvchining depozit hisobiga o’tkaziladi 

Mikrokreditni rasmiylashtirish uchun nimalar kerak: 

  • Kompaniya kichik biznes sifatida kamida 12 oy oldin faoliyatini boshlagan bo’lishi;

  • Kompaniyaning asosiy depozit hisob raqami InfinBANK’da bo’lishi;

  • Qarz oluvchining moliyaviy ahvoli va garovga oid boshqa talablar inobatga olinadi. 

Batafsil ma’lumotlarni 1214 qisqa raqamiga qo’ng’iroq qilib yoki o’zingiz uchun qulay bo’lgan bank ofisiga tashrif buyurib bilib olishingiz mumkin.

Bank bundan keyin ham tadbirkorlarni sifatli moliyaviy mahsulotlar bilan ta’minlash orqali qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.