InfinBANK Dibank xizmatining hamkoriga aylandi
InfinBANK va Dibank o‘rtasidagi hamkorlik yirik korxonalarva tadbirkorlik subyektlari uchun bank operatsiyalariniamalga oshirish jarayonini soddalashtiradi.
Endi InfinBANK korporativ mijozlari bank operatsiyalarinito’g’ridan-to’g’ri o’zlarining “1C” va “Didox” hisob-kitobtizimlaridan amalga oshirishlari mumkin. Buning uchun “1C”yoki “Didox” dasturida Dibank hisobini yaratish va tizimgaInfinBANKni kiritish kerak bo’ladi. Shundan so'ngquyidagilarga kirish imkoniyati paydo bo’ladi:
• Ko’chirmalarni yuklab olish
• Xodimlarning shaxsiy hisob raqamlarini yuklab olish
• To'lov topshiriqnomalarini yuborish
• Hisoblangan ish haqi summalari to’g’risida ma’lumotlarniyuborish
Dibank xizmatining yangi funksiyalari to‘lov operatsiyalarinioson va samarali amalga oshirish uchun mo‘ljallangan. “1C”yoki “Didox”da tuzilgan chiquvchi to'lov hujjatlari to’g’ridan-to’g’ri bankka tushadi. Kiruvchi to'lovlar va hisobraqamlardan chiqarish avtomatik ravishda hisob-kitobtizimida ko'rsatiladi.
Xizmat interfeysi qulay va tushunarli. Bu o’z navbatidamutaxassislarga yangi soddalashtirilgan jarayonga tezdamoslashishga yordam beradi.
“Dibank” bilan hamkorlik tadbirkorlar ishini osonlashtiradi vafaoliyat samaradorligini oshiradi. Bank jamoasi korporativmijozlar uchun shunga o’xshash imkoniyatlarni yaratishdadavom etadi.