InfinBANKdan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun yangi imkoniyatlar: 100 million so‘mgacha mikroqarz

InfinBANKdan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun yangi imkoniyatlar: 100 million so‘mgacha mikroqarz

InfinBANKdan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun yangi imkoniyatlar: 100 million so‘mgacha mikroqarz

InfinBANK jamoasi o‘zini o‘zi band qilgan, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan yangi kredit shartlarini e'lon qildi. 

Bugungi kunda o‘zini o‘zi band qilish tadbirkorlikning tobora ommalashib borayotgan shakli bo'lib, o‘z g‘oyalari va rejalarini an'anaviy bo‘lgan ofisdagi ishlarsiz amalga oshirish imkoniyatini beradi. InfinBANK mikroqarzlari o‘zini o‘zi band qilgan tadbirkorlarga o‘z faoliyatini rivojlantirishga, ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilashga yordam beradi va eng muhimi – har bir odam yangi loyihalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

Yillik foiz stavkasi: 

  • 9 oygacha – 26,99%;

  • 9 oydan 12 oygacha – 27,99%;

  • 12 oydan 18 oygacha – 28,99%;

  • 18 oydan 24 oygacha – 29,99%;

  • 24 oydan 36 oygacha – 32,99%. 

Bank imtiyozli davr shartlarini alohida ta'kidlab o‘tdi: mijoz uch oy davomida asosiy qarz bo‘yicha oylik to‘lovlarni amalga oshirmasligi mumkin. Bunday holda, agar mikroqarz 12 oyga olinsa, u holda kredit miqdori 12 ta to‘lovga emas, balki 9 taga bo'linadi. 

Mikroqarz rasmiylashtirish uchun ariza topshirish vaqtida sizga kichik hujjatlar to‘plami kerak bo'ladi: pasport yoki ID-karta, o‘zini o‘zi band qilish sertifikati, ish joyidan fotosuratlar va ta‘minot bo‘yicha hujjatlari. 

Bank xodimlari to‘lovlarni hisoblaydi va hujjatlar to'plamini ko‘zdan kechiradi. Agar hammasi joyida bo'lsa, kredit mutaxassisi sizga kredit arizasini to'ldirishda yordam beradi va hisob ochish tartibini tushuntiradi. 

Mikroqarzlar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga milliy valyutada istalgan maqsadda beriladi. Kredit olish uchun arizani ko‘rib chiqish muddati ariza berilgan kundan boshlab uch kunni tashkil etadi va qaror 24 soat ichida qabul qilinadi. 

Agar kredit ma‘qullansa, sizga SMS keladi. Agar uch kun ichida hech qanday xabar bo'lmasa, bank bilan bog'laning. 

Kredit tasdiqlangandan so‘ng sizga kredit shartnomasi va to‘lov jadvali taqdim etiladi. Kredit mablag‘lari sizning kartangizga tushadi yoki notarial tasdiqlangandan va bankka garov shartnomasi taqdim etilgandan so‘ng talab qilinadigan hisob raqamiga o‘tkaziladi. 

Yakka tartibdagi tadbirkorlar mamlakat iqtisodiyotida muhim rol o‘ynaydi va InfinBANK muvaffaqiyatga erishishda ularni qo‘llab-quvvatlashdan faxrlanadi.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.