Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar - bank mijozlari uchun xabarnoma
Ushbu bilan mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va bank jarayonlarini maqbullashtirish maqsadida “InfinBANK” AJ bankning arxivlangan tarif rejalarini inventarizasiyadan o‘tkazayotgani haqida ma'lum qilamiz.
Shu munosabat bilan, shuningdek, talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatish shartnomasi shartlariga muvofiq, hozirgi vaqtda bankning arxivlangan tarif rejalaridan foydalanayotgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar 2024-yil 15-fevraldan boshlab 15-bank ish kuni ichida, joriy yilning 7 martigacha (shu jumladan 7 mart kuni ham) tarifni yangilash tartibotidan o‘tishlari zarur.
Tariflarni o‘zgartirish yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatuvchi “InfinBANK” AJ filiallarida amalga oshiriladi. Buning uchun tashkilotning muhri (muhr mavjud bo‘lsa) direktor, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarning shaxsan hozir bo‘lishini talab qiladi.
“InfinBANK” AJ mutaxassislari sizning biznes ehtiyojlaringizga mos keladigan joriy tarif rejalarini taklif qilishga tayyor. Agar tarif rejasi joriy yilning 7 martigacha (shu jumladan 7 mart kuni ham) yangilanmasa, tizim mijozni avtomatik ravishda “Standart” tarif rejasiga o‘tkazadi.
Bankning joriy tariflari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
Bankimizni tanlaganingiz va ishonchingiz uchun tashakkur!