Endi InfinBANKdan olingan kreditlarni PAYNET orqali soʻndirish mumkin

Endi InfinBANKdan olingan kreditlarni PAYNET orqali soʻndirish mumkin

Endi InfinBANKdan olingan kreditlarni PAYNET orqali soʻndirish mumkin

Tigʻish ish jadvali, safar, shoshilinch ishlar va boshqa sabablar bois bankka borish va har oylik kredit toʻlovini amalga oshirish mushkul boʻlishi mumkin. Qarzni kechiktirib uzish esa yaxshi yechim emas – kechikkan toʻlovlar kredit tarixiga salbiy taʼsir qiladi. InfinBANK PAYNET kompaniyasi bilan hamkorlikda bizning bankimizdan kredit olgan mijozlar uchun qulay yechimni taklif etadi. Endilikda mijozlarimiz kreditlarini PAYNET shoxobchalarida soʻndirishlari mumkin.

Ushbu qulay imkoniyat barcha kredit turlari – ipotekadan tortib zarur xarajatlar uchun olingan qarzlargacha amal qiladi. PAYNET shoxobchalaridan tashqari, toʻlovni infokiosklar va agentlik nuqtalarida ham amalga oshirish mumkin. Xizmat narxi toʻlovning 2 foizini tashkil etadi. Bundan tashqari, toʻlovni PAYNET mobil ilovasi orqali ham amalga oshirish mumkin, xizmat uchun umumiy miqdorning atigi 0,5% qismi toʻlanadi.

Eslatib oʻtamiz, telefonga InfinBANK mobil ilovasini oʻrnatib, kreditni unda ham toʻlashingiz mumkin. Bu qulay, 24/7 foydalanish mumkin, shu bilan birga foydali ham, axir, kreditni soʻndirish xizmati mutlaqo bepul taqdim etiladi.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.