InfinBANK Visa Alias Solution xizmatini ishga tushirdi
InfinBANKning Visa Alias Solution xizmati yordamida pul o‘tkazmalari osonlashdi va qulaylashdi. Endi siz nafaqat odatiy usulda karta raqami, balki telefon raqami orqali ham pul yuborishingiz mumkin.
InfinBANKning Visa karta egalari bankning mobil ilovasida ushbu xizmatdan endilikda foydalanishlari va pul o‘tkazmalarining butunlay soddaligini his qilishlari mumkin.
Visa Alias Solution xizmatini ulash uchun quyidagilarni bajarish kerak:
-
Oʻtkazmalar yuboriladigan kartani tanlang
-
“Karta sozlamalari” menyusiga oʻting
-
“Kartani telefon raqamiga bogʻlash”ni tanlang
-
Xizmat shartlarini oʻqing
-
“Ulanish” tugmasini bosing
Agar siz pul oʻtkazmasini olishni kutmasangiz ham, kelajakda pul oʻtkazmasini olish uchun kartani telefon raqamingizga bogʻlang!
Bu qanday ishlaydi?
- Pul oʻtkazmasini joʻnatish uchun “Oʻtkazmalar” boʻlimini va “VISA Direct” bandini tanlash, “Telefon raqami boʻyicha” varagʻiga oʻtish kerak;
- ochilgan oynada telefon raqami xalqaro formatda koʻrsatiladi (yoki mobil versiyadagi qaydlar kitobchasidan tanlanadi);
- agar pul oʻtkazmalarini qabul qilish kartasi telefon raqamiga bogʻlangan boʻlsa, ilovada oluvchining ismi, otasining ismi va familiyasining birinchi harfi koʻrsatiladi;
- oʻtkazma summasini kiritish va “Oʻtkazish” tugmasini bosish kerak.
InfinBANK xizmatlari bilan yaqinlaringizga gʻamxoʻrlik qiling!