InfinBANKdan yengil ipoteka

InfinBANKdan yengil ipoteka

InfinBANKdan yengil ipoteka

Minimal boshlang‘ich to‘lov va past foiz stavkalari bilan ipoteka krediti uchun yangi noyob shartlar!

InfinBANK ishonchli developer “NRG” bilan birgalikda turar joy majmualari uchun aqlbovar qilmas yangi “Yengil Ipoteka” kredit dasturini 19-noyabrdan boshlab ishga tushirmoqda.

NRG-ikkita yirik qurilish guruhi “BI-group” va “Murad Buildings”ning sho'ba korxonasi bo'lib, u 6 dan ortiq loyihalarni topshirgan va 13 dan ortiq majmualar ayni damda qurilmoqda. Kompaniyaning eng yorqin loyihalaridan biri -“NRG Oybek”,bozorda eng yaxshilaridan biri sifatida tan olingandir.

Nega “Yengil Ipoteka” ipotekasi hamyonbop va qulay ?

  1. Minimal dastlabki to‘lov-uy-joy narxining atigi 15 foizini tashkil qiladi.

  2. Yiliga atigi 6% - bu hamma uchun qulay shart.

  3. Moslashuvchan kredit muddati - 24 oydan 36 oygacha, maqbul variantni tanlash uchun.

InfinBANK uy-joy sotib olish jarayonini o'z mijozlari uchun imkon qadar sodda va qulay qilishga intiladi.

NRG tomonidan taqdim etilayotgan turar joylar:

- yuqori sifatli;

- zamonaviy va qulay uy rejasiga ega;

- puxta rejalashtirilgan infratuzilma yechimlarini taqdim etadi.

Rasmiy daromadni taqdim etgan mijozlar uchun ipoteka kreditining asosiy shartlari:

  • Muddat – 24 oy;

  • Dastlabki to’lov – uy-joy narxining 15%

  • Foiz stavkasi – yiliga 6%

  • Muddati - 36 oy;

  • Dastlabki to’lov – uy-joy narxining 15%;

  • Foiz stavkasi – yiliga 7 %

Rasmiy daromadni taqdim etmagan mijozlar uchun kredit berish shartlari:

  • Muddat – 24 oy;

  • Dastlabki to’lov – uy-joy narxining 25%;

  • Foiz stavkasi – yiliga 6%

  • Muddati - 36 oy;

  • Dastlabki to’lov – uy-joy narxining 25%;

  • Foiz stavkasi – yiliga 10%

*Aksiyada quyidagi turar-joy majmualari ishtirok etadi: NRG Jomiy, NRG Maftun Makon, NRG Zamon, NRG Yangi Baxt, NRG Yunusobod va NRG Meros.

Batafsil ma'lumotni InfinBANK filiallari yoki NRG savdo ofislaridan olish mumkin.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.