InfinBANK va Al Muhaidib Group: Mamlakatda biznesni rivojlantirish uchun strategik hamkorlik.
Saudiya Arabistoni Qirolligidagi yetakchi kompaniyalardan biri Al Muhaidib Group (AMG) bilan InfinBANK uchrashuv o‘tkazdi. InfinBANK Bosh ofisida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, har ikki tashkilot rahbarlari hamkorlik istiqbollarini va tajriba almashishni muhokama qilishdi.
Uchrashuv davomida moliyaviy xizmatlar va biznes strategiyalari sohasida hamkorlikda ishlash imkoniyatlari muhokama qilindi. Ikki kompaniya rahbarlari mahalliy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun mamlakat iqtisodiyoti rivojiga xizmat qiluvchi yangi kanallar yaratish muhimligini ta’kidladilar.
“Al Muhaidib Group bilan hamkorlik InfinBANK va uning mijozlari uchun strategik ahamiyatga ega, – dedi Ravshan Qodirov, – Ishonchimiz komilki, birgalikdagi sa’y-harakatlar nafaqat bozordagi mavqeimizni mustahkamlashga, balki zamonaviy talablarga javob beradigan o‘ziga xos yechimlarni taklif qilishga ham yordam beradi”.