InfinBANK eshkak eshish bo'yicha Jahon chempionatining rasmiy homiysi bo'ldi
InfinBANK eshkak eshish bo'yicha Jahon chempionatida ishtirokchilar va tomoshabinlarni birlashtirdi.
InfinBANK baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha jahon chempionatining rasmiy homiysi bo’ldi.
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib ushbu nufuzli sport anjumani doirasida dunyoning 57 mamlakatidan 500 dan ortiq ishtirokchilarni jamladi.
Chempionat o‘tkazilgan joy Samarqand shahridagi Ipak yo‘lining qoq markazida joylashgan “Abadiy shahar” bog‘idagi go‘zal eshkak eshish kanali bo‘ldi. Shu tariqa musobaqa nafaqat sportchilar, balki viloyatning muhtasham tabiati, madaniy merosidan bahramand bo‘lgan tomoshabinlarning ham e’tiborini tortdi.
Musobaqada ayollar ham, erkaklar ham Olimpiyadada belgilanmagan masofalarda ishtirok etishdi.
Musobaqa davomida jami 60 medal o'ynaldi:
-
20 ta oltin
-
20 ta kumush
-
20 ta bronza
InfinBANK jamoasi jahon chempionatida unutilmas muhit yaratdi – bank xodimlari sportchilarni qo‘llab-quvvatlab, esdalik sovg‘alarini taqdim etib, butun dunyodan kelgan muxlislar va ishtirokchilarni birlashtirdilar. InfinBANK, shuningdek, chempionat hududidagi yagona barni taqdim etdi, u yerda mijozlarga bankning mobil ilovasi orqali to'lovlarni amalga oshirishda 50% chegirma taqdim etildi. Samarqanddagi chempionat ishtirokchilari va tomoshabinlari xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladigan yorqin lahzalarni yaratishda InfinBANK salmoqli hissa qo‘shdi.
Bu InfinBANK uchun yirik sport musobaqalarida homiy sifatida qatnashish bo‘yicha birinchi tajriba emas. Bank sport va sog'lom turmush tarziga oid tashabbus va tadbirlarni faol qo'llab-quvvatlab kelmoqda.
Yakunlangan chempionat muhim sport tadbiriga aylandi va sport qanday qilib birlashtirib, ilhomlantirishi mumkinligining namunasi bo'ldi. Kayak va kanoe Federatsiyasi, shuningdek, tadbirning barcha homiylari, jumladan InfinBANK ham ushbu tadbir yorqin va esda qolarli bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlarni amalda qo’lladi.
Ko'proq fotosuratlar shu yerda.