InfinBANKdan islom moliyalashtirish hamda xalqaro kredit liniyalari!

InfinBANKdan islom moliyalashtirish hamda xalqaro kredit liniyalari!

InfinBANKdan islom moliyalashtirish hamda xalqaro kredit liniyalari!

InfinBANK tomonidan tadbirkorlik subektlarining biznes loyihalarini moliyalashtirish maqsadida Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) hamda Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi (ICD) bilan kelishuvlar tuzilgan bo‘lib, ayni vaqtda bank tomonidan mazkur kelishuvlar doirasida “murabaha (nasiya savdo)” shartlari asosida loyihalarni moliyalashtirish amalga oshirilmoqda.

Mazkur kelishuvlar doirasida tadbirkorlik sub'ektlari tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish maqsadida shariat talablariga muvofiq asosiy vositalar hamda aylanma aktivlar xaridini amalga oshirishi mumkin.

O‘z biznesingiz uchun 1 yildan 5 yilgacha bo‘lgan muddatga, 100 mingdan 5 million AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdorda islom moliyalashtirish liniyalaridan foydalanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

Shu bilan birga InfinBANK tomonidan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasi doirasida ishlab chiqarish korxonalariga mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizasiya qilish va energiya samarador uskunalar sotib olish hisobiga kengaytirish maqsadlari uchun 7 yilgacha bo‘lgan muddatga chet el valyutasidagi kredit mablag‘lari ajratiladi.

Mazkur xizmatlardan foydalanish uchun bankning istalgan filiallariga murojaat qilishingiz, shuningdek, batafsil ma'lumotlarni qisqa 1214 yoki 71-202-50-60 raqamlari orqali olishingiz mumkin.
×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.