Endilikda «Humomi yoki UzCard?» degan savol o‘tmishda qoladi!

Endilikda «Humomi yoki UzCard?» degan savol o‘tmishda qoladi!

Endilikda «Humomi yoki UzCard?» degan savol o‘tmishda qoladi!

Infinbank barcha «Humo» va «UzCard» bankomatlarida integratsiyalash ishlarini yakunlaganini ma’lum qilishdan xursand. Endi siz o‘zingizga tegishli «Humo» yoki «UzCard» bo‘lgan istalgan bank kartasidan bizning bankomatlarda bemalol pul yechib olishingiz mumkin.  

Bu degani, endilikda sizning kartangiz uchun maxsus bankomat bo‘lishi shart emasligini anglatadi. Siz Infinbankka tegishli bankomatlardan bir joyning o‘zida — ham «Humo» ham «UzCard» kartalaringiz uchun amallarni bajarishingiz mumkin. Turli kartalar uchun turli bankomatlarni qidirishingiz shart emas. Biz siz uchun universal yechim taklif qilamiz.

Bizning maqsad — har bir mijoz uchun qulaylik va oddiylikni ta’minlab berish. Bizning bankomatlardan foydalanar ekansiz, siz ularning afzalliklariga guvoh bo‘lasiz. Infinbank bankomatlari qulay joylarda o‘rnatilgan bo‘lib, ularni topish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Biz doim siz uchun ishonchli va yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishga tayyormiz.
×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.