InfinBANK bilan orzulr sari! 100$ evaziga Taylandga sayohat qiling

InfinBANK bilan orzulr sari! 100$ evaziga Taylandga sayohat qiling

InfinBANK bilan orzulr sari! 100$ evaziga Taylandga sayohat qiling

InfinBANK chiqargan VISA Classic kartasi orqali toʻlovlarni amalga oshirib, Yangi yilni tropik sohilda qarshi oling

Joriy yilda InfinBANK oʻzining 15 yoshini nishonlab, yilni “Bayram bizniki – sovgʻa sizniki” shiori ostida oʻtkazmoqda. Mobil ilova foydalanuvchilari uchun tashkil etilgan ikki oylik sovgʻalar paradi aksiya takliflariga start berdi. Sentabrda estafetani VISA Classic va VISA Virtual kartalari uchun chinakamiga manfaatli “Nol” tarifi qabul qilib oldi. Bu tarifda foydalanuvchilar faqat sotib olinadigan mahsulot narxini toʻlaydilar – bank tomonidan hech qanday komissiya olinmaydi. Kartani InfinBANK ilovasida yoki bankning butun Oʻzbekistondagi filiallarida buyurtirishingiz mumkin.  

“Nol” tarifi boʻyicha VISA Classic kartasi 35 000 soʻm evaziga chiqariladi, kartadagi sarflanmas qoldiq atigi 10 AQSh dollarini tashkil qiladi. VİSA InfinBANK kartalaridan naqd pul InfinBANK kassalarida mutlaqo komissiyasiz beriladi. “Nol” tarifida ishlaydigan VISA Virtual kartasini identifikatsiyadan oʻtgan mobil ilova mijozi ham mutlaqo bepul chiqarishi mumkin. Unda sarflanmaydigan qoldiq 5 AQSh dollariga teng.

Oʻzining 15 yillik toʻyi bilan mijozlarini qutlashda davom etgan holda, InfinBANK 15-sentabrdan boshlab “100 dollar evaziga Taylandga” aksiyasini ishga tushirmoqda. Shartlar juda oddiy: shu yilning 15-dekabriga qadar har qanday xarid uchun 100 AQSh dollari yoki 1 mln. soʻmdan boshlanuvchi mablagʻni sarflang va ikki kishilik yoʻllanma tikilgan yutuqli oʻyinda qatnashing. Yutuqli o’yinda sizning jami yigʻindisi 100 AQSh dollariga teng barcha toʻlovlaringiz qatnashadi. Har bir 100 dollar gʻalaba sari bitta imkoniyat demakdir. Shu bois toʻlovlar qanchalik koʻp boʻlsa, Taylandga yoʻllanma yutib olish imkoniyati shunchalik ortaveradi. Bunda oflayn va onlayn rejimda amalga oshirilgan barcha xaridlar ishtirok etadi. Kartalar orasidagi oʻtkazmalar bundan mustasno.

VISA kartasi bilan toʻlash hozirda naqd pul yoki boshqa kartalar bilan toʻlovni amalga oshirish singari odatiy holga aylandi. Boz ustiga, bitta VISA kartasi barcha kartalarning oʻrnini bosishi mumkin: toʻlovlar HUMO terminallari oʻrnatilgan hamma joyda bank oʻrnatgan kurs boʻyicha milliy valyutada qabul qilinadi. Agar InfinBANK chiqargan VISA kartasi allaqachon hamyoningizdan joy egallagan boʻlsa, demak, omadim chopibdi deb hisoblayvering. Yutuqli oʻyin shartlari siz uchun ham oʻzgarmasdan qoladi: karta chiqarilishini kutishga aslo hojat yoʻq, sohil boʻyidagi Yangi yil taʼtili sari imkoniyatingizni hoziroq sinab koʻring. Xaridingiz barakali boʻlsin, sizga omad tilab qolamiz!

Ommaviy oferta

pdf(156 Kb)

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.