“InfinBANK” amputantlar o‘rtasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining rasmiy homiysi bo‘ldi

“InfinBANK” amputantlar o‘rtasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining rasmiy homiysi bo‘ldi

“InfinBANK” amputantlar o‘rtasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining rasmiy homiysi bo‘ldi

ATB “InfinBANK” va amputantlar o‘rtasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining bazaviy jamoasi hisoblangan «Matonat Futbol» nogiron-amputantlar futbolining rivojlanish markazi o‘rtasida homiylik to‘g‘risida kelishuvning rasmiy imzolanish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Bu yil o‘zining 15-yilligini nishonlayotgan ATB “InfinBANK” korporativ madaniyatida sport anʼanalari alohida o‘rin tutadi. Bankning mini-futbol bo‘yicha terma jamoasi bir necha yildan beri ISTA FUTSAL LEAGUE havaskorlar ligasida ishtirok etmoqda. Shuningdek, bank har xil sport tashabbuslari va tashkilotlariga homiylik ko‘rsatib kelmoqda. Masalan, o‘tgan yili “InfinBANK” O‘zbekiston polo federatsiyasi hamda ilk bor – «Matonat Futbol» nogiron-amputantlar futbolining rivojlanish markazi uchun homiylik qildi. 2022 yilda bank ushbu tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.

 

“Matonat” futbol klubi uzoq va yorqin tarixga ega. U 1988 yilda tashkil etilgan, uning bazasida esa xalqaro turnirlar va uchrashuvlarda O‘zbekistonni ifoda etuvchi nogiron-amputantlar o‘rtasida futbol bo‘yicha milliy terma jamoa shakllandi. Mamlakatimiz terma jamoasi bu davrda besh marta jahon chempioni bo‘ldi va dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Matonatchilar terma jamoa tarkibida 1990 (AQSH), 1991 (O‘zbekiston), 2007 (Turkiya), 2010 (Argentina) va 2012 (Rossiya) yillarda jahon chempionatining oltin medalini, shuningdek, 1988 yilda kumush medali hamda 2002 yilda bronza medalini qo‘lga kiritishgan. 2022 yil mart oyida O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo birinchi chempionatining saralash bosqichida ikkinchi o‘rinni egalladi va jahon birinchiligiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

 

Markazning bu yilgi rejalarida – sentyabr oyida Buxoroda O‘zbekiston mustaqilligi kubogi uchun turnir tashkil etish, shuningdek, oktyabr oyida Turkiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etishdir.

 

Tantanali imzolash marosimida «Matonat Futbol» markazi raisi Rustam Mehmonov “InfinBANK” rahbariyatini ko‘rsatilayotgan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorlik izhor etdi, buning natijasida jamoa jahon chempionatida ishtirok etishga buyurtmani to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lganligini taʼkidladi. “InfinBANK” boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Olga Numanova o‘z navbatida jamoa aʼzolariga oldlarida turgan turnirlarda omadlar tiladi.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.