“Boshqaruv Raisi kubogi” futbol turniri natijalari

“Boshqaruv Raisi kubogi” futbol turniri natijalari

“Boshqaruv Raisi kubogi” futbol turniri natijalari

9 va 10-oktyabr kunlari InfinBANKʼda Boshqaruv Raisi kubogi uchun har yili o‘tkaziladigan futbol turniri bo‘lib o‘tdi. Bu bank tarixidagi uchinchi turnir bo‘lib, bu safargi musobaqa do‘stona muhitda o‘tdi. Lekin shunga qaramay raqobat kurashida maydonda 16 ta jamoa uchrashdi: bankning 14 ta filiali, Amaliyot boshqarmasi va Bosh ofis.


Sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi: Amaliyot boshqarmasi jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi, Bosh ofis nomidan maydonga tushgan futbolchilar shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarilishdi, bu yilgi Chempionlar kubogi esa, InfinBANKʼning Buxoro viloyati filialiga nasib etdi. Shunday qilib, shu vaqtgacha bo‘lgan umumiy hisob quyidagicha ko‘rinish oldi:
Bosh ofis – uch karra finalchi, bir karra chempion va ikkita kumush medal sohibi;
Qo‘qon viloyati filiali jamoasi – bitta oltin va bitta kumush;
Buxoro viloyati filiali jamoasi – bitta oltin.



Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha qahramonlar aniqlandi:

Nominatsiya

G’olib

Eng yaxshi o‘yinchi

Safarov Soibjon Abdumannonovi

Eng yaxshi hujumchi

Raximov Anvar Xolboy o‘g‘li

Eng yaxshi darvozabon

Xo‘jaxmatov Lazizxo‘ja Muzaffar o‘g‘li

Turnirning eng yaxshi goli

Meliboyev Shukurjon

Yil kashfiyoti

Soataliyev Bobur Abdujabbarovich

Eng o‘ziga xos futbol formasi

Xorazm filiali

Turnirning “Fair play”i

Qoraqalpoq filiali




Barcha futbolchilarga, muxlislarga, chempionat tashkilotchilariga, shuningdek sog‘lom turmush tarzini doimiy qo‘llab-quvvatlab kelayotgan bank rahbariyatiga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.


×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.