Chet el kapitali ishtirokidagi “Invest Finance Bank” aktsiyadorlik tijorat banki aktsiyadorlari diqqatiga! (17.11.2022)

Chet el kapitali ishtirokidagi “Invest Finance Bank” aktsiyadorlik tijorat banki aktsiyadorlari diqqatiga! (17.11.2022)

Chet el kapitali ishtirokidagi “Invest Finance Bank” aktsiyadorlik tijorat banki aktsiyadorlari diqqatiga! (17.11.2022)

ATB «InfinBANK» aksiyadorlari DIQQATIGA!

HURMATLI AKSIYADORLAR!

 

Chet el kapitali ishtirokidagi «Invest Finance Bank» aksiyadorlik tijorat banki (keyingi o‘rinlarda – Bank) aksiyadorlarining Navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2022 yil 12 dekabr kuni, Toshkent shaxar, Mirobod tumani, T. Shevchenko ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan Bank bosh ofisi binosida bo‘lib o‘tadi.

Yig‘ilish soat 15:00 da boshlanadi. Aksiyadorlarni ruyxatga olish soat 14:00 dan boshlanadi. Navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish o‘tkazish uchun Bank aksiyadorlari reestri 2022 yil 05 dekabr holatiga tuziladi.

Bankning elektron pochtasi va veb sayti manzili: info@infinbank.com, www.infinbank.com. 

KUN TARTIBI:

1. Bank Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash;

2. Bankning o‘tgan yillar davomida taqsimlanmay qoldirilgan foydasini taqsimlash;

3. Bankning oddiy aksiyalariga dividend to‘lash, dividendning miqdori hamda uning to‘lash shaklini belgilash.

 

Ø    Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonun xujjatlarda belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Ø    Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha axborot va unda ko‘riladigan masalalarning hujjatlari bilan Toshkent shaxar, Mirobod tumani, T. Shevchenko ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan Bankning bosh ofisi binosidagi qimmatli qog‘ozlar bo‘limiga murojaat qilish orqali tanishishlari mumkin.

 

Kuzatuv kengashi

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.