InfinBank boshqaruv raisi yangi lavozimga oʻtmoqda

InfinBank boshqaruv raisi yangi lavozimga oʻtmoqda

InfinBank boshqaruv raisi yangi lavozimga oʻtmoqda

Oʻzbekistonda moliyaviy barqarorlik va innovatsiyalar namunasi sanalgan InfinBank oʻz tarixidagi navbatdagi bobni ochgan holda rahbariyat almashuvini eʼlon qiladi. Boshqaruv raisi Bobur Burxanov yangi lavozimga oʻtmoqda.

Bobur Burxanov InfinBANK boshqaruvi raisi lavozimiga 2018-yilda kirishgan edi. Uning rahbarligi ostida 2019-yildayoq bank mobil ilovasi orqali jismoniy shaxslarni onlayn kredit bilan taʼminlash yoʻlga qoʻyilgan edi. Bu xizmatning joriy qilinishi bank rivojlanishga boʻlgan intilishlarini namoyish qildi, chunki bu onlayn rasmiylashtirish kredit olish jarayonida talab qilinadigan daromadlar haqidagi maʼlumotnoma va kafillik ehtiyojini qaysidir maʼnoda oʻtmishda qoldirdi. Va asosiysi, endi bu jarayon atigi bir necha soat vaqt oladi xolos.

Oʻsha yilning oʻzida InfinBANK korporativ obligatsiyalari chiqarildi, bu esa bankning mamlakat bank va fond bozorlaridagi oʻrnini mustahkamlash yoʻlidagi yirik qadamlaridan biri boʻldi.

Biroq 2019-yilning mijozlar va bankning oʻzaro munosabatlariga ijobiy taʼsir koʻrsatgan asosiy voqeligi — jismoniy shaxslar uchun moʻljallangan InfinBANK mobil ilovasining ishga tushirilishi boʻldi. Bugun ilova 1,7 mln nafardan ortiq foydalanuvchiga ega.

2020-yilda InfinBANKning 13 yilligi munosabati bilan Bobur Burxanov bevosita jonli muloqotni yoʻlga qoʻyib, mijozlar, xodimlar va barcha qolgan ishtirokchilarning savollariga javob berib oʻtdi. Taʼkidlash joizki, savollar bilan birga qimmatli takliflar ham berildi, ularni esa Bobur Burxanov boshchiligidagi jamoa bank faoliyatiga tatbiq qildi. Esda qolarli savollardan biri shunday boʻldi:: Besh yildan keyin InfinBANK'ni qanday tasavvur qilasiz?

“Menimcha, InfinBANK eng yaxshi servis, omnikal va raqamli xizmatlar koʻrsatuvchi banklar qatorida boʻladi. Aminmanki, uch yil avval boshlangan birgalikdagi faoliyatimizni davom ettirib, bunga qiyinchiliksiz erishamiz”, – deb javob bergandi Bobur Burxanov.

2022-yil — InfinBank bank xizmatlari turini kengaytirish imkoniyati bergan xususiy karta protsessingining yaratilishi, mustaqil karta siyosatini yuritishi yoʻlga qoʻyganligi, Visa va Union Pay xalqaro toʻlov tizimlari bilan bevosita hamkorlik munosabatlarini oʻrnatganligi, shuningdek, karta chiqarish boʻyicha biznes jarayonlarni avtomatlashtirgani bilan ham ahamiyatlidir.

Bobur Burxonov rahbarligi tufayli zamonaviy texnologiyalar joriy etildi, mijozlar uchun jozibador bank mahsulotlari yaratildi, bankni fin-tech kompaniyasiga aylantirilgan transformatsiya jarayonlari amalga oshirildi. Bobur Burxonov bundan soʻng InfinBANK'da fin-tech yo‘nalishida faoliyatini davom ettiradi.

 

Kelajakka nigoh 

InfinBank yangi rahbar qoʻl ostidagi oʻz faoliyatida yangi yoʻlni boshlar ekan, innovatsiyalar, mijozlarga xizmat koʻrsatish va jamoatchilik bilan hamkorlik qilish qadriyatlariga toʻliq sodiq qoladi. Rahbariyatning oʻzgarishi nafaqat oʻtish, balki bankdagi uzoq yillik texnologik "meros"ning ham davom etishini anglatadi. InfinBank O‘zbekiston bank sektoridagi peshqadamlardan hisoblanadi va yangi marralarga erishishga tayyor.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.