INFINBANK'ning ITFC bilan tuzgan bitimi qiymati 25 mln AQSH dollarigacha oshirildi

INFINBANK'ning ITFC bilan tuzgan bitimi qiymati 25 mln AQSH dollarigacha oshirildi

INFINBANK'ning ITFC bilan tuzgan bitimi qiymati 25 mln AQSH dollarigacha oshirildi

3-noyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan ikkinchi O‘zbekiston iqtisodiy forumi doirasida «Invest Finance Bank» Aksiyadorlik tijorat banki bilan Xalqaro islom savdo moliyasi korporatsiyasi (ITFC) xorijiy kapitali ishtirokida qiymati 10 mln dollarga teng qo‘shimcha bitim imzolandi. Bitimning umumiy qiymati 25 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

Iqtisodiy forumda imzolangan bitim avvalroq erishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomi bo‘lib, tashkilotlar o‘rtasidagi aloqalar rivojining ijobiy dinamikasi tasdig‘idir. Shu tariqa, Bank va ITFC o‘rtasida 2021-yil dekabrida qiymati 15 mln.ga teng savdo moliyalash liniyasiga oid kelishuv imzolandi. Yangi bitim ushbu liniyani 25 mln AQSH dollarigacha kengaytiradi.

ITFC'dan jalb qilingan savdo moliyalashtirish liniyasi aylanma mablag‘larni qisqa muddatli moliyalashga, shuningdek, kichik korxonalar va xususiy tadbirkorlik, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasidagi islom moliyasi tamoyillariga asoslangan davlat korxonalari uchun xomashyo yetkazib berishni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan. Mazkur savdoni moliyalashtirish liniyasi bank xizmatlari liniyasini kengaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni tezlashtirish, shuningdek, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta'minlashga xizmat qiladi.

Ma'lumot uchun: Xalqaro islom savdo moliyasi korporatsiyasi (ITFC) Islom taraqqiyot banki guruhiga kiradi. Tashkilot a'zo mamlakatlar o‘rtasida islom moliyasi, savdo amaliyotlari va tovar yetkazib berish sohasida bilim almashish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni rag‘batlantirish hamda qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuzilgan. Buning uchun Xalqaro islom savdo moliyasi korporatsiyasi xalqaro va hududiy tashkilotlar bilan hamkorlikda seminarlar, ishchi yig‘ilishlar va o‘qitish dasturlarini o‘tkazadi.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.