Firibgarlardan ehtiyot bôling

Firibgarlardan ehtiyot bôling

Firibgarlardan ehtiyot bôling

Internetda tovlamachilik holatlari yana ko'paydi! Firibgarlar InfinBANK nomidan foydalanib, mijozlarimizning ishonchiga kirishmoqda.

Foydalanuvchilar “Siz o‘tkazma oluvchini identifikatsiya qilish” xizmati uchun to'lovni amalga oshirmadingiz” degan xabarni oladi. Xabarda tugma mavjud bo'lib, uni bosish orqali foydalanuvchi pul yo'qotishi mumkin.

Shubhali havolalar bo‘ylab o‘tmasligingizni so'raymiz. Siz bank manzillari va to'lov tizimlari saytlarini ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz yoki hujjatlarda istalgan vaqt topishingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz, InfinBANK hech qachon sizning shaxsiy maʼlumotlaringizni soʻramaydi, sizdan tasdiqlash kodlarini kiritishingizni, hujjatlarning rasmini ijtimoiy tarmoqlar yoki boshqa odamlarning saytlariga yuborishingizni so‘ramaydi.

Agar sizda ozgina shubha bo'lsa ham, bankka qo'ng'iroq qiling. Hech qanday holatda shaxsiy ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga bermang!

InfinBANK telefonlari:
  • jismoniy shaxslar uchun +99871 202-50-60
  • yuridik shaxslar uchun +99871 202-50-80

• Instagram'dagi sahifa: https://instagram.com/investfinancebank
• Facebook'dagi sahifa: https://www.facebook.com/InFinBank/
• Telegram-boti: @Infin_bank_bot
• Rasmiy sayt: www.infinbank.com
×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.