Avtokreditlar

Avtokreditlar

Avtokreditlar

Kredit muddati

42 oy, kreditlarning imtiyozli davri - 6 oy

Kredit maqsadi

Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olish

Yillik foiz stavkasi

24.99%

Kredit miqdori

avtotransport vositasining qiymatiga qarab

Taʼminot

1. Xarid qilinayotgan avtotransport vositasi;

2. Jismoniy yoki yuridik shaxs kafilligi;

3. Kreditni kaytarmaslik xatari bilan bogʻliq sugʻurtalash polisi;

4. Bankni qanoatlantiradigan boshqa likvid mulk garovi

Taʼminotning umumiy miqdori kredit miqdoridan 125%dan kam boʻlmasligi kerak.

Soʻndirish chastotasi

Asosiy qarzni soʻndirish boʻyicha imtiyozli davr tugaganidan soʻng - har oy.

Hisoblangan foizlarni - har oy.

Kredit boʻyicha foizlar qarz mablagʻlarinig haqikiy qoldigʻidan  kredit mablagʻlarini ishlatilgan sanadan boshlanadi

Birlamchi toʻlov

Avtotransport vositasi qiymatidan 25%dan kam boʻlmagan miqdorda. 

Potentsial qarz oluvchiga talablar

  • 18 yoshdan;

  • Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi; Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi yoʻq shaxs yoki xorij fuqarosi;

  • Kredit uchun ariza berish sanasigacha joriy ish joyida eng kamida 6 oy davomida mehnat stajiga ega boʻlish;

  • Ijobiy kredit tarixiga ega boʻlish (joriy kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikning yoʻqligi, shuningdek bank/banklar oldidagi majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarmaslik holatining boʻlmaganligi).

Kerakli hujjatlar

1.     Kredit uchun ariza.

2.     Oylik maoshga tegishli plastik karta va u boʻyicha eng kamida 3 oylik davr uchun aylanmalarning mavjud boʻlishi. Bunda pul aylanmalari amaldagi barcha kreditlarga (shu jumladan yana olinayotgan kredit) oid xarajatlarni qoplash uchun yetarli miqdorda boʻlishi lozim;

3.     Kredit boʻlimi xodimi tomonidan nusxa olinadigan pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatning asl nusxasi hamda qarz oluvchining yashash manzili;

4.     Yangi avtomobilni xarid qilish uchun avtosalon bilan tuzilgan shartnoma;

5.     Taʼminot boʻyicha hujjatlar.

Kreditni ajratish shakli

Kredit bank tomonidan kredit mablagʻlarini sotuvchi hisobiga oʻtkazish orqali milliy valyutada (soʻm) naqdsiz shaklda taqdim etiladi.

Kredit arizasini topshirish joyi

Kredit arizasi va kreditni rasmiylashtirish ishlari bankning filiallari va boʻlinmalarida amalga oshiriladi.

Kreditni koʻrib chiqish muddati

Kredit arizasini koʻrib chiqish muddati ariza rasmiylashtirilgan kundan boshlab 3 kunni tashkil qiladi. Kredit arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror haqida 24 soat ichida mijozga xabar beriladi.

Kreditni koʻrib chiqish va rasmiylashtirishga doir qoʻshimcha toʻlovlar

Mavjud emas

Muddatidan oldin soʻndirish

Koʻshimcha komissiya va jarimalarsiz ushbu turdagi kredit boʻyicha qarzni muddatidan oldin soʻndirish koʻzda tutiladi.

Asosiy qarz va foizlar boʻyicha imtiyozli davr              

Asosiy qarz boʻyicha imtiyozli davr - 6 oy. 

Foizlar boʻyicha imtiyozli davr - mavjud emas.

Kredit ajratishga nisbatan salbiy qaror qabul qilinishiga sabab boʻladigan omillar

1.     Salbiy kredit tarixi (kreditga doir asosiy qarz va foizlarni oʻz vaqtida soʻndirmaslik, kredit boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikning mavjudligi);

2.     Potentsial qarz oluvchining barqaror boʻlmagan daromadlari yoki ularning yoʻqligi (kreditga ariza berish sanasigacha joriy ish joyida eng kamida 6 oy davomida doimiy daromadlarning mavjud emasligi);  

3.     Pontentsial qarz oluvchi taqdim etgan notoʻgʻri, noxolis va notoʻliq maʼlumot.

4.     Kredit boʻyicha taʼminotning yoʻqligi.

Kredit ajratishga nisbatan ijobiy qaror qabul qilinishiga sabab boʻladigan omillar

 

1.     Ijobiy kredit tarixi (kreditlar va foizlarni oʻz vaqtida soʻndirish, kredit boʻyicha muddati oʻtib ketgan joriy qarzdorlikning yoʻqligi).

2.     Potentsial qarz oluvchining barqaror daromadlari (kreditga ariza berish sanasigacha joriy ish joyida eng kamida 6 oy davomida)

3.     Potentsial qarz oluvchining qanoatlantiruvchi moliyaviy ahvoli

4.     Kreditni qoplashga yetadigan miqdorda va hajmda taʼminotning mavjudligi (kredit miqdoridan 125%dan kam boʻlmagan miqdorda).

Kredit boʻyicha asosiy qarzni toʻlashga oid muddatlarga rioya qilingmagan taqdirda, oʻz vaqtida toʻlanmagan qarzga nisbatan foiz stavkasi kechiktirilgan qarzdorlik paydo boʻlgan sanadan boshlab 1,5 baravarga ortadi.

Diqqat! Kreditning foiz miqdori nominal foiz stavkasi asosida hisoblanadi. kreditning toʻliq miqdori esa foizlar va boshqa turdagi toʻlovlar oʻrnatilgan muddatlarda va butun miqdorda toʻlangan holatda siz uchun qanchaga aylanishini koʻrsatadi.

Diqqat! Mazkur kreditning nominal foiz stavkasi oʻzgartirilishi mumkin. bunday holat yuz bergan taqdirda, oʻzgarishlar qarz oluvchi bilan kelishiladi.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.