uz
Кўзи заифлар учун
Алоқа-маркази
Ишонч телефони
(+99871) 202-50-60
KREDIT TARIXI

KREDIT TARIXI

KREDIT TARIXI

Qarzdor Karmasi


InfinBANK

Aytishlaricha, tasodif tasodifiy emas va biz bilan sodir boʻladigan hamma narsa shunchaki sodir boʻlmaydi. Shuning uchun, agar bank sizga kredit berish borasida rad javobini bersa, buning bir qator sabablari boʻladi va ulardan biri – kredit tarixidir.

Kredit tarixi “qarz oluvchining karma”si deb nomlanadi – unda hamma narsa qayd etilgan boʻladi: qachon va qanday kredit olingan, uning hajmi, majburiyatlar qanday bajarilganligi, foizlar oʻz vaqtida toʻlanganmi, kechikishlar boʻlganmi va boshqalar.

Hozircha Oʻzbekistonda oʻzlarining kredit tarixi haqida oʻylaydigan odamlar kam emas, garchi mamlakatda 2000-yildan beri kredit-axborot tahliliy markazi faoliyat koʻrsatmoqda va u kredit boʻyicha bizning barcha soʻrovlarimiz va toʻlovlarimizni oʻzida saqlaydi. Yaqin kelajakda, Rossiya va Qozogʻiston misolida, kredit tarixi insonning banklar bilan munosabatlariga jiddiy taʼsir qiladi.

Qisqacha aytganda, kredit tarixini shakllantirish sxemasi quyidagicha:

1. Mijoz bankka kredit olish uchun murojaat qiladi, soʻrovnomani toʻldiradi va qarorni oladi;

2. Kredit olish uchun ariza berish va uning holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bank tomonidan kredit-axborot tahliliy markaziga yuboriladi;

3. Kredit-axborot tahliliy markazi kredit tarixiga maʼlumotlarni kiritadi.

Kredit tarixini oʻrganib, bank qarz oluvchini baholaydi – uning kredit tarixini tekshiradi va kelajakda qanday harakat qilishini taxmin qiladi. Masalan, sizda toʻlovlari kechiktirilgan ochiq kredit mavjud boʻlsa, demak, sizga yangisini berish tavakkalchilik ekanligini– toʻlanmaslikning katta ehtimoli borligini anglatadi.

Shunday ekan, oʻzingizning kreditingiz tarixi haqida aynan hozir oʻylashingiz kerak: eng ilgʻor va mijozlarga yoʻnaltirilgan bankni tanlang, ariza va toʻlovlarga ehtiyot boʻling va kreditlardan qoʻrqmang. Qanchalik gʻalati tuyulmasin, lekin, davlat uchun ham, isteʼmolchi uchun ham, biznes uchun ham kredit zarur narsa.